Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

16:05
Yig`lama yuragim bo`ldi yig`lama,
O`zi o`ksik bag`rim sen ham tirnama,
Ul go`zal boshqasiga nasibdir tushun,
Seni unutganni sen ham o`ylama..!
____________________________________
Yig`lama yuragim ne kerak qayg`u,
Axir u sensiz ham baxtli va shodku,
Bor sitamkorliklar sendadur bugun,
Ayriliq bunchalar azobli tuyg`u..!
____________________________________
Yig`lama bechora yurak yig`lama,
Bir bag`ritosh deb jonni qiynama,
U seni unutgan unutgan butkul,
Shirin tushlaringdan bekor izlama..!
____________________________________
Yig`lama ey yurak qadring bilmaydi,
Hatto chorlasang ham endi kelmaydi,
Dardingni tinglovchi faqatgina tun,
Ul go`zal holinga parvo qilmaydi..!
____________________________________
Yig`lama ko`z yoshing undan qadrli,
Kuyunma o`zi bu dunyo makrli,
Hammasi unut ham bo`ladi bir kun,
Yuragim agarda bo`lsang sabrli..!
____________________________________
Yig`lama yuragim bo`ldi yig`lama,
O`zi o`ksik bag`rim sen ham tirnama...!!! ♥♥♥
Просмотров: 957 | Добавил: BEGZOD | Рейтинг: 3.0/2