Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

22:30
Yashnar bugun ko’nglim bog’lari,
O’chib ketdi qalbim dog’lari,
Rayhon ifor sochgan chog’lari,
Muhabbatim, sizni sog’indim!
Har dam tunda va erta sahar,
Issiq choyda erisa shakar,
Bulbul jo’shib sayragan mahal,
Muhabbatim, sizni sog’indim!
Oy ko’rinib, quyosh botganda,
Ari gulning bolin totganda,
Shaddod qizlar gaplar otganda,
Muhabbatim, sizni sog’indim!
Qirda gilam lolaqizg’aldoq,
Go’zal biram lolaqizg’aldoq,
Ko’z suratga ovundi, biroq
Muhabbatim, sizni sog’indim!
Qizg’onadi qish ham qorini,
Samolarga aytib borini,
Chalganida ko’nglim torini,
Muhabbatim, sizni sog’indim!
Shamol nega bilmas to’zimni,
Eshitmaydi, aytsam so’zimni,
Yo sog’ingan faqat o’zimmi ?
Muhabbatim, sizni sog’indim!
Просмотров: 728 | Добавил: Isroil | Рейтинг: 3.0/1