Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

16:48
Bir ayol "Badavlat, meni hech qachon
urmaydigan, ayollar ketidan yugurmaydigan
va fantastik sevgilim bo‘la oladigan erkak
bilan tanishaman” – deb gazetaga e’lon
beribdi.
Keyingi kun uning eshigi qo‘ng‘irog‘i
chalinibdi. Eshikni ochsa hech kim yo‘q. Jahli
chiqibdi.
Yana eshik qo‘ng‘irog‘i chalinibdi. Bu safar
ham eshik oldida hech kim ko‘rinmabdi. Ayol
yanada asabiylashibdi. Keyin sal uzoqdagi
nogironlar aravachasida o‘tirgan erkakka ko‘zi
tushibdi. U tomon yuribdi.
Ayol gapirishga ulgurmasdan, erkak gap
boshlabdi:
–Gazetadagi e’loningiz sabab uyingizga
keldim. Men boyman, ko‘rib turganingizdek
sizni ura olmayman, ayollar ketidan yurishga
esa oyoqlarim ham yo‘q, debdi.
Ayol ham nogiron erkakka turmushga
chiqishni istamasdan:
–E’londa fantastik sevgilim bo‘lish ham bor
edi, sizda bu hislat yo‘q ekan…
Erkak o‘rnidan turib:
–Oyoqlarim ishlamasa-da, eshigingiz
qo‘ng‘irog‘ini chala olganim fantastika
emasmi, deya mashinasi tomon yo‘l olibdi.
Просмотров: 696 | Добавил: MuhammadAli | Рейтинг: 3.0/2