Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

17:41
Taqdir zarbasidan
yiqilsam bir kun,
Seni yuragimdan o'chirsam bir kun,
Bu dard-azoblardan qutilsam bir kun,
Yig'lama, baribir o'lgan bo'laman.
Dod-faryod eshitsang men tomonlardan,
Kelib ketgin, qutil shubha- gumonlardan,
Ko'zingga ko'rinsam goh osmonlardan,
Eslama, baribir o'lgan bo'laman.
Onam ohlar ursa, qani deb bolam,
Otam qaddin egsa bu dardu- alam,
Qabrim yoniga kelganda sen ham,
Achinma, baribir o'lgan bo'laman.
Ko'chamdan o'tganda meni ko'rmasang,
Yo'llarda sen meni hech uchratmasang,
Telba Oshiq borligin hatto sezmasang,
Sog'inma, baribir o'lgan bo'laman..!
Просмотров: 742 | Добавил: owiq | Рейтинг: 0.0/0