Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

22:32
Ko'ngil berib ko'nglim olgan qiz,
Ko'ngilga ishq o'tin solgan qiz.
Ayirsa ham bizlarni taqdir,
Endi meni unutolmaysiz.
Mayli mendan yiroq keting lek,
Hayollardan keta olmaysiz.
Men ham sizni unutmagandek,
Siz ham meni unutolmaysiz.
Yodga solar o'sha go'shalar,
Oydin kecha, nurli ko'chalar.
Unutishga qo'ymas bo'salar,
Endi meni unutolmaysiz.
Ishqimizdan dillar bo'lsa dog,
Ozorlarda ko'ngil chekar oh.
Ayrilmoq bu emas unutmoq,
Endi meni unutolmaysiz.
Ha, men o'sha shoir bolaman,
Dil yiglatar gamli nolaman.
She'rlar bitib yodga solaman,
Endi meni unutolmaysiz.
Ko'ngil berib ko'nglim oldingiz,
Ko'ngilga ishq o'tin soldingiz.
Ishonaman, sevib qoldingiz,
Endi meni unutolmaysiz.
Просмотров: 538 | Добавил: Naimjon_Old | Рейтинг: 0.0/0