Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

01:36
Men sizni sog'inib goxo yig'layman.
Yuzim kulib turar quvonch bilmiyman.
Quvonchli kundaxam sizni uylayman.
Men sizni sog'indim sog'indim ona.

Sizsiz bu yuragim buzlab qoladi.
Goxida otamxam izlab qoladi.
Sog'inchdan bu tanam muzlab qoladi.
Men sizni sog'indim sog'indim ona.

Qabringiz doyimo gullab turadi.
Ug'lingiz sizni kup izlab yuradi.
Bilaman ruxingiz qullab turadi.
Men sizni sog'indim sog'indim ona.

Qaniydi bor quchib bolam desangiz.
Kelinigiz qulidan oshlar yesangiz.
Yuzimdan bir upib bolam desangiz.
Men sizni sog'indim sog'indim ona.

Otamxam sog'inar bilinar ona.
Yurak bag'rim bundan tilinar ona.
Xar bayramda urningiz bilinar ona.
Shunchalar sog'imdim sog'indim ona.

Mexringizga tuymadim dunyoga kelib.
Bugun xaqingizga duvolar qilib.
Azobli sog'inchxam ketsaydi ulib.
Men sizni sog'indim sog'indim ona

Onasiz xuvullar tug'ulgan gushang.
Onasi xayotlar qadirlab yashang.
Onadan dunyoga birbora kesang.
Men sizni sog'indim sog'indim ona.

Doyim yuragimda nafasday uring.
Ug'lingiz baxtini tepadan kuring.
Onajon yana tushumga kiring.
Men sizni sog'indim sogindim ona.

Tuyimda siz tushgan suratni quyib.
Sizni esga olaman urnimdan turib.
Shundaxam yuragim siz uchun urib.
Men sizni soginaman sog'inaman ona.
Просмотров: 565 | Добавил: ISROYLXUDJAMQULOV | Рейтинг: 0.0/0