Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

23:22
Baxtdan ko‘zlarida uchqun yongan qiz. Go‘zal kelajakka reja solgan qiz. Ismimdan o‘tmishni yodga olgan qiz. Meni so‘rab qolsa, o‘lgan deb ayting. Yonida ishongan insoni bo‘lsa, Hayoti chiroyli, hush oni bo‘lsa, Mehrli quyosh bor osmoni bo‘lsa, Meni so‘rab qolsa, o‘lgan deb ayting. Atrofin to‘ldirsa doim do‘stlari. Baxtga to‘lib tursa nargiz ko‘zlari. Mehrdan rang olsa go‘zal yuzlari. Meni so‘rab qolsa, o‘lgan deb ayting. Sevimli insoni qadrini bilsa, Ko‘zidan dildagi dardini bilsa, Bir-birin yuragi zarbini bilsa, Meni so‘rab qolsa, o‘lgan deb ayting. Va yoki, hammasi ketsa teskari, Qolmasa yonida suygan do‘stlari, Mehrga tashnahol bo‘lsa ko’zlari, Meni so‘rab qolsa , o'lgan deb ayting
Просмотров: 520 | Добавил: shahik99 | Рейтинг: 0.0/0