Qiynar yuragimni alamli hijron.
Netay sog'inyapman yorimni har on.
Butun hayotim hadya etardim.
O'shal yorginamni ko'rishchun bir on.
Oh,afsus u juda olislardadir.
Ko'zlarimni to'sgan yoshlar pardadir.
Dildagi hislarim unga yetkazgan.
Sharq tomondan esgan sho'x shabbodadir.
Ko'zyoshim artmoqqa yetmaydi kuchim.
Sog'inchdan birma-bir oqardi sochim.
Lek hamon kelmaydi bilmadim nega.
Yetarmikin yana mening bardoshim.
Ezilar yuragim,ezilar qalbim.
Hech nima ololmas bu og'ir dardim.
Yig'layman og'rinib,darddan siqilib.
Qo'l yetmas joydami men kutgan baxtim.
|