Joriy yilning 31 martida Alisher Navoiy nomli kinosaroyda "Shodu xurramlik" badiiy filmining taqdimot marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar berdi “O`zbekkino” Milliy agentligi.
Taqdimotda ikki mamlakat kino ijodkorlari, Hindiston va Bangladeshning mamlakatimizdagi elchixonalari vakillari ham ishtirok etdi. Film "O`zbekkino" Milliy agentligi va Hindistonning "Dev entertaiment ventures" kompaniyasi bilan hamkorlikda suratga olingan. Ssenariyni o`zbek tiliga Shoira G`iyosova muvofiqlashtirgan. Hindistonlik rejissyor Aniket Chattopadhay esa g`oyani ekranlashtirdi. Bosh rollarni Dev Adxikari Dipak Guru, Karaj Mukerji, Puja Banerji, Koushani Mukerji kabi aktyor va aktrisalar ijro etgan.
Komediya janrida suratga olingan filmda o`zbekistonlik aktyorlardan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, marhum ijodkor Obid Asomov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Muqaddas Xoliqova va Dilnoza Kubaevalar suratga tushgan.Shuni alohida ta`kidlash lozimki, Unda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, taniqli so`z ustasi Obid Asomov so`nggi bor rol ijro etgan. Shu munosabat bilan taqdimotga aktyorning oila a`zolari ham tashrif buyurdi, uning yorqin ijodi va faoliyati yodga olindi.
Kartinada mamlakatimizning go`zal va maftunkor shaharlari, muqaddas qadamjolari aks etgan, 2019 yilning 1 aprelidan boshlab uni yurtimiz kinoteatrlarida tomosha qilish mumkin bo`ladi.
Ushbu Xabar Haqida Do'stlaringizga Ham Xabar Bering!
Всего комментариев: 0
AndrejKuzin(41) сегодня отмечает День рождения
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

Mobile version PDA | Copyright Design by Pro "S"
Design version 1.00


Мы в социальных сетях:


REKLAMA