Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Bir kuni Shvedsiya televideniyasida g’aroyib voqea bo’ldi…

Bir inson o’z chiqishida uni vijdoni qiynalayotgani haqida so’zlayotgan edi: “Yoshlik mahalimda men do’stim bilan dala sichqonini (хомяк) parashyutda uyimiz balkonidan uchirishga axd qildik. Biz parashyut yasadik, unga savatni biriktirib dala sichqonini solib uchurdik.

Lekin g’aroyib voqea sodir bo’ldi, shamol yo’nalishi bizning parashyutni uzoq-uzoqlarga uchirib ketdi. Bu voqeani haligacha esimdan chiqara olmayman. Men nima uchun bu ishni qilganman?”

Studiyada telefon ovozi jarangladi. Qo’ng’iroq qilayotgan inson so’radi:”Bu voqea sodir bo’lgan yili shumidi?” Erkak ha javobini berdi. “Stokgolm bayrami nishonlanadigan yozda edimi?”-“Ha,ha,ha” dedi erkak. Go’shak ortidagi inson “Men sizni dala sichqoningizga nima bo’lganini bilaman”. “U bilan nima bo’ldi?”-deb studiya mehmoni o’z quloqlariga ishonmagandek gapirdi.

“Mening qizim, mendan dala sichqonini olib berishimni uzoq so’ragan edi”- deb gapini davom ettirdi, go’shak ortidagi ayol. Meni javobim esa: bu narsani boshqa so’rama degan ma’noda bo’lardi. Agar Xudo xohlasa sening dala sichqoning bo’ladi dedim. Qizim esa qo’llarini tepaga ko’tarib:”Xudoyim menga dala sichqonini ber!” deb iltijo qildi, keyin biz shahar bayramiga ketdik. Shunda qizim menga: “Onajon Xudo meni iltijoyimni ro’yobga chiqarib men so’ragan narsani berdi! Qara!”- dedi.

Shu paytda osmondan parashyutda uni qo’liga savatda dala sichqoni asta uchib keldi…

Mirmuhammad Ergashev, Antiqa.Net uchun maxsus

Категория: Интересные факты | Добавил: SONE (13 Окт 2016)
Просмотров: 1590 | Рейтинг: 1.0/7