Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

​Qo`l barmoqlaridagi nuqtalarni uqalash yordamida, og`riqlarni qoldiring!
Sharq tabobatida qo`l barmoqlaridagi nuqtalarni uqalash yordamida organizmdagi almashinuv jarayonlarini tiklash, qon aylanishini yaxshilash, og`riqni engillashtirish mumkin deyiladi. Uqalash mashqi muntazam bajarilganida esa teri holati yaxshilanib, salomatlik tiklanib boraverar ekan. Yaponiyaliklar mazkur usulni uzoq umr ko`rish sirlaridan biri deb ataydilar. Xo`sh, barmoqlarni uqalash mashg`ulotini sinab ko`rasizmi?

Bosh barmoq:

Yurak va nafas yo`llari salomatligi uchun mas`ul bo`lgan bosh barmoq yostiqchasini soat aylanasi bo`yicha uqalaysiz. Bu ishni har kunlik odat tusiga aylantirsangiz, yurak bezovtaliklari kamayadi.

Ko`rsatkich barmoq:

Hazm faoliyatining buzilishi, qabziyat, qorin dam bo`lishi, ichaklarda siqilish (spazm) kuzatilganida aynan shu barmoq yostiqchasini uqalash lozim. Darvoqe, ko`rsatkich barmoqni uqalash yordamida ichaklar faoliyatini ham tartibga keltirsa bo`ladi;

O`rta barmoq:

Ko`ngil aynishi, bosh og`riqlari va uyqusizlikda o`rta barmoqni asta uqalang, tezda engil tortatsiz;

Nomsiz barmoq:

Tushkunlik, asabiylik va alamzadalik ta`qib qilayaptimi? Nomsiz barmoqni uqalang-da, o`zingizni qo`lga oling. Ushbu barmoqni uqalash tanani bo`shashtiradi;

Jimjiloq:

Ob – havoga ta`sirchanlik sabab kelib chiqadigan bosh og`riqlari, tish og`rishi va jigar kasalliklarida aynan jimjiloq barmoqni uqalash aytiladi.
Категория: Интересные факты | Добавил: WHM (28 Май 2017) W
Просмотров: 1630 | Рейтинг: 1.4/5