Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Hol inson umrini uzaytiradi!
Londonning shoxona kolledji olimlari g`aroyib
kashfiyot natijasini aytmoqdalar. Inson
tanasidagi hol xar doim kuzatuvchilar hamda
kashfiyotchilar qiziqishini jalb qilib kelgan.
Oldinlari ayollar tanasidagi hol mavjudligi ko`plab
erkaklar e`tiborinini jalb qilgan va shu sababli
ko`p ayollar hattoki, sun`iy hollarni qo`yib
yurishgan. Keyinchalik insoniyat ko`plab
tabiiylikka ko`nikishni boshladi, ya`ni barcha
narsa tabiiy bo`lishini talab qila boshladi.
Shundan so`ng odamlarda turli kasalliklardan
qo`rquv hamda sog`lom turmush tarziga
o`rganish jarayoni boshlandi va holga odamlar
boshqacha qaray boshlashdi, ya`ni hol inson
sog`lig`i uchun xavfli degan tushunchalar paydo
bo`la boshladi. Odamlar har bir dog` yoki holda
yangi o`simtalar o`sayapti degan hayolga borib,
maxsus shifoxonlarda ulardan holos bo`lish
uchun ularni oldirib tashlay boshladilar. London
shoxona kolledji olimlari shuni aniqlashdiki, hol
qancha ko`p bo`lsa, uning yaxshi tomonlari
yomon tomonlariga nisbatan ko`p ekan.
Haqiqatdan ham tug`ma dog`i bor odamlarda
zararli o`simtalar(melanoma) o`sishi imkoni
darajsi yuqoriroq bo`ladi. Ammo kashfiyot
raxbari doktor Veronika Batay shunday deydi:
doimiy kontrol qilinib turilsa, bu holat yuz
bermasligi mummkin. Ammo kashfiyot natijalari
shuni ko`rsatadiki, inson tanasidagi ko`plab (100
dan 400 gacha) hol mavjudligi inson tanasi
keltkalarini tezda biologik qarimasligini isbotlab
berdi. Boshqachasiga aytganda ikkita bir hil
yoshli inson biologik jihatdan bir biridan 5-7
yoshga ajralishi mumkin. Britaniyalik olimlar 900
juft bir hil biologik ko`rsatkichlarga ega bo`lgan
egizaklarda bunday sinovlarni o`tkazishdi. Bu esa
ularni bir biri bilan solishtirishda juda ham qulay
keldi. Holi ko`p bo`lgan odam tanasidagi
keltkalardagi xromosomalar telomeri uzunligi holi
kam bo`lgan odamnikiga qaraganda uzunroqligi
aniqlandi. Telomer qanchalik uzun bo`lsa,
kletkalar shunchalik yoshroq bo`ladi. Qarilik
jarayonining sekinlashishi esa, o`z navbatida
yoshi ulug`lashganda duch keladigan yurak
kassalliklari, osteoporoz va boshqalardan
saqlanishni ta`minlaydi.
Категория: Интересные факты | Добавил: Isroil (29 Янв 2019)
Просмотров: 1243 | Рейтинг: 0.0/0