Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Oy nomlarining manolari!
Yanvar – Ma’bud Yanus sharafiga «yanvarius» deb atalgan. Rimliklarning e’tiqodicha, ikki yuzli Yanus har bir narsaning boshi va oxirining homiysi bo‘lgan emish.

Fevral – lotincha «februarus» so‘zi tozalanish, poklanish ma’nosini bildiradi.

Mart – bu oy dehqonlar va chorvadorlar homiysi Mars sharafiga atalgan «martius» so‘zidan olingan.

Aprel - «Apfire» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘z in’omlarini namoyon qiluvchi degan ma’noni bildiradi.

May - Ma’buda Mayya «Mayus» ismidan olingan go‘zallik, shod-xurramlik oyi hisoblanadi.

Iyun – Yupitering xotini - ma’buda Yunona sharafiga qo‘yilgan. Afsonalarga ko‘ra, Yunona ayollar homiysi, er-xotinlar qo‘sha qarishi, uvali- juvali bo‘lishining tarafdori.

Iyul – Rim davlat arbobi va lashkarboshisi Yuliy Sezar sharafiga shunday atalgan.

Avgust – Rim imperatori Oktavian Avgust sharafiga qo‘yilgan.

Sentyabr – Qadimda rimlilarning o‘n oylik taqvimida yetti oy bo‘lib, lotincha «september» ( 7 ) so‘zidan olingan.

Oktyabr – Qadim rimliklar taqvimida sakkiz oy lotincha «oktober» ( 8 ) degan ma’oni beradi.

Noyabr – lotincha «november» ( 9 ) so‘zidan olingan, qadimgi rimliklar taqvimida to‘qqizinchi oyni anglatgan.

Dekabr – lotincha «detsember» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘n degan ma’noni bildiradi.
Категория: Интересные факты | Добавил: Isroil (29 Янв 2019)
Просмотров: 1238 | Рейтинг: 0.0/0