Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Boy bolish uchun qanday fikrlash lozim!
Amerikalik psixolog olim Xarv Eker uzoq
kuzatishlar olib borib Boy insonlar, o’rtahol va kambag’allar o’rtasidagi psixologik farqni
o’rganadi. U o’ziga savol beradi: Boy insonni
nima boy qiladi, Kambag’alni nima kambag’al
qiladi. Xarv Eker, uzoq vaqt psixologik so’rovlari va tadqiqotlari natijasida shu narsa malum
bo’ldiki, insonning millioner yoki kambag’al
bo’lishi uning mehnatiga yoki bilimiga bog’liq
EMAS ekan. Unda nimaga bog’liq? Insonning
Psixologiyasiga ya’ni Qanday fikrlashiga bog’liq ekan.
U quyidagicha misol keltiradi.

Masalan: Agar butun dunyo xalqini hamma
boyligini tortib olsak, ya’ni barcha boylarning
ham kambag’alning ham barcha mol mulkini
tortib olaylik-da, keyin qaytadan butun aholiga
teng taqsimlab beraylik. Nima bo’lar ekan ?!
Albatta, avvalgi boylar yana boy bo’ladi. Avvalgi
kambag’allar yana kambag’al bo’ladi.

BUNGA SABAB NIMA?!
Psixolog shunday xulosaga keladiki, boylar kabi
fikrlash insonni boy qiladi. Kambag’al kabi fikrlash insonni kambag’al qiladi. Kambag’al va o’rtahol insonlar odatda fikrlashlari o’xshash bo’ladi. Va bunday fikrlash ularni kambag’al bo’lishiga yoki o’rtahol bo’lishiga sababdir.

Millionerlar, boylar (Manaviy va aqliy
tomondan boy) kishilarning bunday bo’lishiga
sabab esa ularni fikrlashi ekan.
Inson o’z psixologiyasini ya’ni fikrlashini
o’zgartirsa, u o’z hayotini ham o’zgartiradi.

1-fikrlash usuli:

Boy insonlar Har bir narsadaning foyda tomonini ko’radi. Kambag’al esa har narsaning salbiy tomonini
ko’radi. Boy: Ko’lmakda oyni ko’radi,Kambag’al: Ko’lmakda loyni ko’radi.

2-fikrlash usuli

Boy insonlar Pulni ko’proq topish va jamlashni
o’ylaydi. Kambag’al insonlar Pulni ko’proq sarflashni
o’ylaydi.

3-fikrlash usuli

Boy insonlar doim ilm olishga yangiliklarni
bilishga intiladi. Kambag’al insonlar hamma narsani bilaman deb o’ylaydi.
4-fikrlash usuli

Boy isnonlar qilgan MEHNATI va NATIJASIGA
qarab daromad ko’rishni maqul ko’radi. Kambag’al insonlar ishlagan VAQTIGA yarasha pul topishni maqul ko’radi.

5-fikrlash usuli

Boy insonlar muvaffaqiyatli kishilarga havas
qiladi. Kambag’al insonlar muvaffaqiyatli kishilarga
hasad qiladi. 6-fikrlash usuli Boy insonlar boy bo’lish uchun tinmay mehnat qiladi. Kambag’al insonlar esa boy bo’lishni orzu qiladi.

7-fikrlash usuli

Boy insonlar katta narsalar haqida, Global
muammolar haqida o’ylaydi. Kambag’al insonlar esa kichik narsalar yoki faqat o’z uy joyi haqida o’ylaydi.
8-fikrlash usuli

Boy insonlar faqat G’ALABA yo’llarini izlaydi.
Kambag’al insonlar esa YUTQAZMASLIK yo’llarini o’ylaydi.

9-fikrlash usuli

Boy insonlar – Do’stlarimga yordamim tegadi
deb o’ylaydi. Kambag’al insonlar – Do’stlarimni menga yordami tegadi deb fikrlaydi.
10-fikrlash usuli

Boy insonlar ko’proq Sotishni yaxshi ko’radi
Kambag’al insonlar ko’proq Sotib olishni yaxshi
ko’radi.

11-fikrlash usuli

Boy insonlar faol mehnat qilishni o’ylaydi
Kambag’al insonlar ko’proq dam olishni o’ylaydi.

12-fikrlash usuli

Boy insonlar tavakkal qilishni yaxshi ko’radi. Kambag’al insonlar 7 o’lchab bir kesishni yaxshi ko’radi. Psixolog Xarv Eker, aytishicha: inson boy yoki
Millioner bo’lishi uchun faqatgina bitta narsani
o’zgartirsa bas, faqat o’z fikrlashini o’zgartirsa
bas. Uning hayoti ham o’zgaradi
Категория: Интересные факты | Добавил: Isroil (29 Янв 2019)
Просмотров: 1269 | Рейтинг: 0.0/0