Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Dunyoda eng baxtli ona o'zingiz!
Yoningizda bo'lsa o'g'il qizingiz,
Elu-yurt oldida yorug' yusingiz,
Farzandlar kamolin ko'rsa ko'zingiz,
Dunyoda eng baxtli ona o'zingiz!
Dunyoda eng baxtli ota o'zingiz!

Farzandlar rohatin ko'rdingiz mana,
Ko'zlari quvonchdan yonmoqda ana,
Shirin baxtning o'zi katta tantana,
Dunyoda eng baxtli ona o'zingiz!
Dunyoda eng baxtli ota o'zingiz!

Rahmat sizga shunday tarbiya uchun,
Bajardingiz ota-onalik burchin,
Go'zal nabiralar silanggiz boshin,
Dunyoda eng baxtli ona o'zingiz!
Dunyoda eng baxtli ota o'zingiz!

Tazim qilay boshim yerga tekguncha,
Sizga yurakdagi havasim qancha,
Hayot shodliklarga o'ralmish buncha,
Dunyoda eng baxtli ona o'zingiz!
Dunyoda eng baxtli ota o'zingiz!

Sog'lik salomatlik bo'lib tursa bas,
Farzand tinib tinchib davron sursa bas,
Har kun uyingizga kulib kirsa bas,
Dunyoda eng baxtli ona o'zingiz!
Dunyoda eng baxtli ota o'zingiz!

Ahad Qayum yozar shomu-sahardan,
Siqilmang siz mayda muammolardan,
Tinchlik ustun ekan har qanday zardan,
Dunyoda eng baxtli ona o'zingiz!
Dunyoda eng baxtli ota o'zingiz!

Ahad Qayum ijodidan!
Категория: Ota & Ona Sherlari | Добавил: SONE (27 Апр 2016)
Просмотров: 1509 | Рейтинг: 1.0/1