Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Onajonlarning ohirgi sozlari
Bolam eshit sanga aytar sozimni
Bu dunyoda yumar bolsam kozimni.
Ajal paymonasi olsa ozimni.
Izlay-izlay topolmassan izimni
...
Onam ketdi deb kozingni yoshlama
Kadding bukib yuragingni gashlama,
Koylar soyib kozonga osh damlama,
Tirikligda xurmat kilgin ozimni,
Song izlab topolmaysan izimni,
...
Kandok kilay biror ishni kilmasman,
Otang solgan imoratga sigmasman,
Kecha-kunduz duo kilib yiglasam,
Minnat kilma bolam bergan tuzingni,
Songra izlab topolmaysan izimni,
...
Bohor kelsa bogda bodam gullaydi,
Ishon bolam, Onang kaytib kelmaydi,
Xayotlikda kadrim xech kim bilmaydi,
Yoshlatmagin bexudaga kozimni,
Songra izlab topolmaysan izimni,
...
Ilojim yok, vaqtim etib olmayman,
Ajalim kelsa, bir lahza xam turmayman,
Soginsang xam yana qaytib kelmayman,
Songra izlab topolmaysan izimni,
...
Ogil bokdim bir kunimga yarar deb,
Kiz ostirdim xizmatimni kilar deb,
Tun kechalar uxlamadim bolam deb,
Gaflat bosmay xushyor tutgin ozingni,
Songra izlab topolmaysan izimni.
...
Etti kiriklar kilib puling sariflama,
Savob kildim Onamga deb, oylama,
Kuron okib duo kilgin xakkimga,
Shunda berar Allah nurin qabrimga,
Gaflat uykusidan ochgin kozingni,
Endi sira topolmassan izimni,
Sovga kildim senga shirin sozimni
Категория: Ota & Ona Sherlari | Добавил: SONE (16 Янв 2017)
Просмотров: 1762 | Рейтинг: 1.0/11