Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Onamning poyidan pastdir bu dunyo ...
Har qadam oq olar boshdagi tola.
Bazan shod ko'rindim goh chekdim nola.
O'zimcha hali ham bolaman-bola.
Goh yolg'on gohida rostdir bu dyunyo.
Onamning poyidan pastdir bu dunyo ...

Yugurib har yona bahtni izladim.
Yerdan izlolmay ko'kni ko'zladim.
Qo'shiqlar kuyladim ko'p bor bo'lzadim.
Topgan shuhratidan mastdir bu dunyo.
​Onamning poyidan pastdir bu dunyo ...

Dunyo dunyoyingdan ko'rmadim vafo.
Vafo qilmagaydir zarbobu-zardo.
Qabrga kuzatar bir qarich mato.
Cho'ksang yopishmoqqa hastdir bu dunyo.
Onamning poyidan pastdir bu dunyo ...

Dunyoni boshingdan balandga qo'yib.
O'zing turgan shoxga olovlar qo'yib.
Yig'lasang foyda yo'q so'ng to'yib-to'yib.
O'zicha osmonga mosdir bu dunyo.
Onamning poyidan pastdir bu dunyo ...

Qosh ko'zin maqtadim tannoz sanamning.
Mehrini sezmadim biron odamning.
Xabarin olmadim sho'rlik onamning.
Shundayin betayin kasdir bu dunyo.
Onamning poyidan pastdir bu dunyo ...

Menga nasihatlar o'qima ey do'st.
Rosting yo'q yolg'onlar to'qma ey do'st.
Do'stligin besh kunda yoqdiya ey do'st.
Nag'malar qilmoqqa asdir bu dunyo.
Onamning poyidan pastdir bu dunyo ...
Категория: Ota & Ona Sherlari | Добавил: SONE (28 Янв 2017)
Просмотров: 8136 | Рейтинг: 1.8/21