Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Berajak omad
Umrim o`tmoqdadir o`tdi bir kunim,
Shu kunim uchun xudoga qildimmi shukur.
Har bir kuning kichik bir hayot,
Kimdir bo`lar g`olib, kimdir bo`lar mot.
Kimning yoshi katta, kimniki kichik.
Kimni qalbi ochiq kimniki yopiq.
Kimdir xudodan so`rar-u ammo ishonmas,
Niyat qiling, ezgu bo`lsa bas.
Sizga sinov bersa, suygan bandasiz.
Sinovlar insonni qilajak aziz.
Har bir onimiz qanchalar laziz,
Sinovda sinmang, niyatdan tinmang.
Kim boy-u, kim esa faqir,
Azaldan bir kam dunyodir axir.
Ekingiz gul-chechak, o`rmangiz zahri-pechak.
Ey odam, yaralding yerdan,
Qaydan senda osmoniy kibr.
Butun borliqni kim yaratgan axir ?
Ayting dunyoda ne bekam yaralgan.
Ollox bizni harakatga yaratgan.
Shunday ekan qiling harakat,
Harakatdadir axir barakat.
Bor narsaga qiling qanoat,
Qanoatni qilsak biz odat.
Olloxim har qadamimizda berajak omad.
Karimov Rustam
Категория: Hayotiy Sherlar | Добавил: SONE (27 Янв 2017)
Просмотров: 3483 | Рейтинг: 1.1/7