Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Afsus sevgi
9 - Sinf.
Hozir darsdamiz…Yonimda dunyodagi eng chiroyli qiz o’tiribdi…Uning yuziga qaragandan uyalib turibman…Mening qanchalik sevishimni u bilmaydi…U mening eng yaqin insonim…Lekin, u meni oddiygina do’st deb biladi…Sababini bilmayman,lekin,o’zimdan uyalib turibman…

10 - Sinf.
Uyda edim… Menga qo’ng’iroq qilib yigiti bilan urushib qolganini aytib, men yonida bo’lishimni iltimos qildi…Keyin yonimga keldi…Meni quchoqlab rosa yig’ladi…Hozir u yonimda…Tizzamga boshini qo’yib uxlab qoldi… Sochlaridan silab, go’zal yuzlariga to’yib-to’yib boqmoqdaman…Men uni sevaman… Lekin, u meni oddiygina do’st deb biladi…Sababini bilmayman,lekin, o’zimdan uyalib turibman…

11 - Sinf.
Bitiruv kechasi…Ikkimiz bolalikdan beri birga ulg’aydik… Bitiruv kechasiga sherigimiz bo’lmasa birga boramiz deb 8-sinfda bir-birimizga so’z bergan edik…Menga qo’ng’iroq qildi va yigiti kasal bo’lib qolganligini aytdi… Keyin, birga boramizmi, deb so’radi…Rozi bo’ldim… Uyiga borib bitiruv kechasiga birga jo’nadik…Bitiruv kechasidagi eng chiroyli malika edi…
Oppoq ko’ylagi o’ziga shunday yarashgan ediki, farishtaning o’zi bo’lib qolgandi… Tun bo’yi raqsga tushdik… Qo’llaridan ohista ushlab, uni qattiq
sevarimni aytsammi, deb o’ylab qo’yardim… Tongga yaqin uyiga kuzatib qo’ydim… Hayrlashayotib yuzimdan o’pib, eng yaxshi do’st bo’lganimni bildirdi…Uni chin dildan sevaman…Lekin, u meni oddiygina do’st deb bilsa, unga sevishimni qanday aytaman… Sababini bilmayman, lekin, o’zimdan uyalib turibman…

Oradan yillar o’tdi…
Hozir men eng yaqin ko’rgan insonimni qora tuproqqa uzatyapman…Uning buyumlari orasidan yon daftarcha chiqibdi, menga berishdi…Qo’llarim qaltirab yon daftarchani sekin varaqlay boshladim… Sahifalarning birida shunday satrlar bor edi…
“…Hozir darsdamiz…Yonimda bo’lsa dunyodagi eng kelishgan yigit o’tiribdi…Yuziga hech to’ymayman… Uni qanchalik sevarimni u bilmaydi…U meni oddiygina do’st deb biladi… Yigitim bor deb doimo u haqida yolg’on bahonalarni aytib,yonida bo’lishga harakat qilyapman… Men uni jonimdan ortiq ko’raman…
Menga bir marotaba, faqat bir marotaba “SEVAMAN” deb aytganda… Bu dunyoda mendan baxtli inson yo’q edi…”

Men bu satrlarni o’qiyotganimda sevganimni tuproqqa ko’mishdi…
Chiday olmay butun vujudim bilan hayqirib yubordim… Ko’z yoshimni hech to’xtata olmasdim… Ko’zlarimni uning yangi qo’yilgan qabridan uza olmasdim…
HAVOTIR OLMA, JONIM…MEN HAM SENI SEVAMAN…
Категория: Sevgi Hikoyalari | Добавил: SONE (22 Янв 2017)
Просмотров: 3754 | Рейтинг: 1.1/13