Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

ANTIQA E'LON!
E'LON!!!
Yuragimni yaxshi qo'llarga
topshiraman !
— Assalomu alaykum, kechirasiz,
men e'lon bo'yicha qo'ng'iroq
qilayotgandim. Yuragini yaxshi
qo'llarga bermoqchi bo'lgan odam
sizmisiz?
— Menman.
— Ilgari foydalanilganmi?
— Ha. U 3 yil mobaynida bir
insonga ko'ngil bergan.
— Hmm... 3 yil foydalanish — bu
anchayin katta muddat ! Nima
uchun berib yubormoqchisiz?
— Avvalgi sohibi yurakdan
belgilangan vazifa bo'yicha
foydalangani yo'q. Uni tilib,
og'ritgan, o'ynab, unga o'tkir tig'li
buyumlar sanchgan... Yurak
og'rinib, qon yig'lar, ammo har
doim avvalgidek o'zining asosiy
vazifasini bajarardi: uni sevardi...
Kunlarning birida yurak sohibi uni
oldiyu, sindirib, chilparchin qildi...
— Qanday qilib sindiradi ?! Axir, siz
tuzatishga bermadingizmi? Nima
deyishdi sizga?
— Qayta tiklashga yaramaydi...
— Bo'lmasa nima uchun e'lon
berdingiz? Nahotki, sizning
chilparchin bo'lgan yuragingiz
kimgadir kerak, deb o'ylasangiz?
— Dunyoda uni parchalardan
yig'ilib, tiklay oladigan inson
borligiga ishonaman. O'sha inson
bergan mehri va sarflagan vaqtiga
achinmasligiga ishonaman. Yana
shunga ishonamanki, u yurakka
ikkinchi bor hayot bera oladi...
— Men... men urinib ko'raman. Bu
albatta, mashaqqatli, qiyin narsa,
ammo natijasi bunga arziydi. Siz
menga boror-bir kafolat bera
olasizmi? Agar men uni asl holatiga
keltirolsam, yuragingizni
jonlantirolsam... u yana qancha
muddat sevishga qodir bo'ladi?
— To urishdan to'xtamagunicha...
— E'londa qayd etishingizcha, uni
bir shartga ko'ra berar ekansiz...
— Ha. Men unga og'riq
yetkazmasligingizga amin bo'lishim
kerak.
— Afsus, men kelajakni ko'ra
olmayman. Sizga u boshqa azob
chekmaydi, deb to'la ishonch bilan
ayta olmayman... Ayni damda qila
olishim mumkin bo'lgan narsa —
bu uning evaziga sizga o'z
yuragimni berishim...
— Men roziman !
— Meni ham bitimimizning barcha
shartlari qoniqtiradi.
— Demak, ayirboshlash uchun
ertaga uchrashamiz, shundaymi?
— Ha. Ko'rishguncha, azizam.
— Ertagacha, muhabbatim...
Категория: Sevgi Hikoyalari | Добавил: SONE (22 Янв 2017)
Просмотров: 2891 | Рейтинг: 1.0/14