Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Sevgi bor men ishonaman (tasirli xikoya)
Ba'zilar hozirgi kunda haqiqiy sevgi qolmagan deyishadi. Lekin, men uning borligiga ishonaman. O'zim guvoh bölganman shunday sevgiga. Bu xuddi qörqinchli tushga öxshaydi...

Opam bir yigit bilan bir-birlarini qattiq sevishardi. Yigit opamni bir zum ham yolg'iz qoldirgisi kelmasdi. Shunchalik sevardiki, xatto tun-u
kun eshigimiz tagidan ketmasdi. Men uni issiq kunda ham, sovuq tunda ham köp bora uyimiz qarshisida körardim. Ammo adam bilan oyim bu haqda bilib qolishgach opamga qattiq shart qöyishdi: "yo u, yo biz..." Opam xonasida rosa yig'ladi ösha kuni. Bu köz yoshlar yetaklab kelgan dardni opamning közlaridan boshqa hech qayerda uchrtamaganman.
Keyin ösha yigit bilan umuman körishmay qöydilar. Aminman, opam endi faqat Xudodan ota-onamizning rozi bölishini söraydigan bölgandi. Köp ötmay boshimizga musibat tushdi. Opam og'ir xastaligini bildik. Unda miya saratoni
borligini eshitganimizda uyimizda deyarli hamma yig'lagandi. Adam opamni köp doktorlaga körsatdilar. Ular
zudlik bilan operatsiya qilish
lozimligini aytishardi. Bu orada ösha yigit köp marta telefon qildi. Tabiiyki, opam unga bu haqda
aytishimizni umuman xohlamasdilar. Yigit
Moskvaga ketyotganligini bilgach, yana rosa yig'ladilar. Men öshanda tushunganman: inson özidan ham battar yöqotishdan qörqadigan insonlar bölarkan dunyoda. Har holda opamning közidan (katta ehtimolki, qalbidan ham) oqayotgan köz yoshlari shundan dalolat berardi. Opamga oxirgi marta u bilan körishish uchun ruhsat berishdi.
Ösha kecha opam bilan birga chiqdik. Opam u bilan yonma-
yon turib, bir og'iz ham gapirmadi. U faqat yig'ladi. Yigit esa opamni yupatardi:
"Men tezda qaytaman, azizam, yig'lama",- derdi u. Öshanda u
opam bilan yana diydor körishishlariga shubha qilmagan bölsa kerak. U ketgach opam meni quchoqlab, qulog'imga shivirlaganida butun vujudim muzlab ketdi. Opam aynan shunday dedilar: "Nega aynan men?"
Yigit ketgach opam u bilan telefonda ham
gaplashmadi. Ehtimol qörqqandir. Unga hammasini aytib yuborishdan qörqqandir. Uni operatsiya qilishadigan kun ham keldi. Ösha kun kutish zalida ötirib, Xudodan
opamning tirik qolishini söradim. Qizil chiroq öchib, doktor chiqqach esa... Esimda qolgani adamning toshdek
qotganlariyu, oyimning ezilib
yig'laganliklari xalos. Opamni qabrga qöydik...
Ancha vaqt ötgach, tongda dasturxon atrofida ötirganimizda ösha yigit Moskvadan telefon qilib qoldi. Men javob berdim. Unga opam vafot
etganligini aytdim. U gapimni oxirigacha eshitmasdan göshakni
qöyib qöydi. Ösha kuni yarim tunda eshik taqilladi. Adam eshikni ochganlarida qarshisida ösha, opam sevgan yigit turardi... Uning közlarida men opamning közlarida ham körmaganim öta kuchli alam bor edi. Ösha kuni ilk bora adamning
yig'laganlarini kördim. Ehtimol
köz yoshlari bir vaqtlar ularni majburan ayirganliklari uchun
pushaymonliklaridandir... Ehtimol yigitning közlarida opamning
yuzlarini körgandirlar...
Категория: Hayotiy Hikoyalar | Добавил: Isroil (24 Янв 2019)
Просмотров: 2524 | Рейтинг: 1.0/1