Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Asablarni tinchlantirishning 25 usuli

1.10 daqiqa sayr qiling. Bu tanani bo‘shashtirish va tashvish chaqiradigan tang ahvolni bartaraf etishga yordam beradi.
2.Relaksatsion yoki hech bo‘lmaganda o‘zingizga yoqadigan oddiy musiqa tinglang. Bu ruhiy zarba berayotgan sabablar haqida o‘ylashdan chalg‘itadi.
3.Miyaga o‘rnashib qolgan fikrlarni to‘xtating. Tabiat qo‘ynida muntazam ishlash ham yanada yaxshi.
4.O‘tmishingiz haqida gapirishni to‘xtating. Agar bu qiyin bo‘lsa, mutaxassisga uchrashing.
5.Sekin-asta nafas oling. Shu tariqa siz boshingizdan kechirayotgan zo‘riqishni qisman kamaytirasiz.
6.10 gacha sanang. Bu usul e’tiborni bir joyga qaratishni qo‘llab quvvatlab, yakunda o‘zingiz afsus chekadigan o‘ylab ko‘rilmagan so‘zlar va harakatlardan halos etadi.
7.Ijobiy affirmatsiyadan foydalaning. O‘zingiz bilan ruhlantiruvchi suhbat – foydali uslub bo‘lib, asabbuzarliklar, his-tuyg‘ular va ruhiy kechinmalarni nazorat qilishni yo‘qotishdan qochish uchun bundan istagan vaqtda foydalanish mumkin.
8.O‘zingizni asrang. O‘zingizni ayblash va haqorat qilish yaramaydi, bu faqat stressni kuchaytiradi.
9.Mizg‘ib oling yoki yengilgina yonboshlang. Hordiq tanangizning salomatligi uchun juda ham muhim. Agar siz charchab, holdan toysangiz, jizzaki va asabiy bo‘lib qolasiz. Bu esa, sog‘liq bo‘yicha muammolarni keltirib chiqaradi.
10.Boshqa oila bilan gaplashing. O‘zingiz ishongan odam bilan sizga azob berayotgan ruhiy kechinmalaringizni bo‘lishsangiz, tanglikni kamaytirib, hatto salbiy holatdan chiqib ketish yo‘lini topasiz.
11.Kofeindan o‘zingizni tiying – bu kuchli qo‘zg‘atuvchi bo‘lib, ruhiy ziqlikni kuchaytirshga olib kelishi mumkin.
12.Massaj qabul qiling. Bu muskul tonusida ijobiylikni aks ettiradi. Muskullaringiz stressga olib boradigan darajada kuchlangan bo‘lishi mumkin.
13.Vaqtni boshqarish (taym-menejment). Muhim ishlarni belgilang va vaqtdan oqilona foydalaning. Ishlarni tartib bilan ahamiyatlilik darajasiga qarab bajaring.
14.Shoshilmang. Bu yomon odat, bu kelgusida muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu shuningdek kerak bo‘lmaydigan stress sababchisidir. Undan qochish talab etiladi.
15.Haddan tashqari ish ko‘p ishni bajarishdan qoching. Siz ish va oila o‘rtasida vaqtingizni to‘g‘ri taqsimlashga harakat qilishingiz kerak. Ko‘p ishlab, sog‘liq bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duch kelishingiz mumkin. Bo‘sh vaqtning yetishmasligi esa oiladagi munosabatlarni yomonlashuviga, shuningdek depressiya va stressga olib keladi.
16.Yordam so‘rashdan tortinmang. Siz uchun qiyin damlarda yaqinlaringi va do‘stlaringidan yordam yoki maslahat olish foydali bo‘lishi mumkin.
17.Qulguli va qiziq nimadir o‘ylab toping. Hazil-mutoyiba doim stress bilan kurashishda yordam beradi va butun hayot davomida ham foydalidir.
18.Bugun yashab, ertangi kunga reja qiling. Kutib turishi mumkin bo‘lgan juda ko‘p reja va tashvishlarni yelkangizga ortib olmang.
19.Kundalik tuting. O‘z o‘y, fikrlaringiz va tuyg‘ularingizni qog‘ozda qoldirsangiz, muammolar sini tezroq tark etishiga imkon berasiz.
20.Kuling va ko‘proq tabassum qiling. Bu yaxshi kayfiyat ruhida qolishga va sodir bo‘layotgan vaziyat bilan ijobiy munosabatni saqlab qolishga imkon beradigan juda ajoyib usuldir. Kulguli shou va kinoni tomosha qiling yoki ko‘ngilochar klubga boring.
21.Burgutlar pashshalarni ovlamaydi. Kichik yoqimsizliklarga e’tibor qaratmaslikni o‘rganing (misol uchun, pulni yo‘qotish, buyumlarni unutish, “murakkab” odamlarning ta’siri va boshqalar). Agar bu ketkazgan vaqtingizga arzimasa, ularga e’tibor berish kerak emas. E’tibor bermang va orqaga qaramasdan keting.
22.Uyni tartibga keltiring. Bu stress holatini yo‘qotish va qulaylikni his etishning ajoyib vositasi sanaladi.
23.Hayotga kulib boqing. Salbiy kayfiyatda bo‘lishni to‘xtating va bu narsa har kuni hamda kun davomida ta’sir ko‘rsatadi.
24.Ideal bo‘lishga harakat qilmang. Hech qachon va hech narsa bunday bo‘lmaydi. Bu ma’lum vaziyatlarda haddan ziyod katta stress olib boradigan faqat yolg‘on umidni beradi.
25.Barcha narsani nazorat qilishni bas qiling. Xotirjam bo‘lishni o‘rganing va kuchingiz yetadigan ishni qiling. Nimanidir nazorat qilish yoki qila olmasligingiz tushunib yetish kerak. Bu stresslarga to‘la zamonaviy dunyoda yordam beradi. Shuningdek, sizning birinchi darajadagi ahamiyatga ega maqsadlaringizga juda yaxshi misol bo‘la oladi.

Категория: Советы для женщин | Добавил: SONE (26 Сен 2016)
Просмотров: 2304 | Рейтинг: 1.0/2