Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Ko`ngil qo`ygan insonni ishonchini oqlay olasizmi?

Har qanday munosabatlar o`zaro ishonch asosiga quriladi. Bu turmushning eng asosiy shartlaridan biridir. Atrofdagilarning, ayniqsa, ko`ngil qo`ygan kishingning ishonchini qozonish esa juda muhim. Xo`sh, siz bu ishni qanchalik uddalayapsiz?

1. Sevgan insoniningiz o`ta shaxsiy va mahfiy sirini oshkor etdi…

A) Uni o`z sirimday asrayman.

B) Sirning egasini oshkor etmay, dugonalarim bilan muhokama qilaman.

V) Hammasini boricha oila a`zolarimga yetkazaman.

2. Uchrashuvni ma`lum vaqtga belgiladingiz o`z vaqtida kelasizmi?

A) Ha, albatta.

B) Biroz kech qolishim mumkin, axir ko`chada turli hodisalar ro`y berishi mumkin-da.

S) To`g`risi bilmadim, agar yodimdan ko`tarilmasa boraman.

3. Bo`sh qolganingizda nimalar haqida o`ylaysiz?

A) Ikkimizning kelajagimizni tasavvur qilaman.

B) Mashhurlikka erishish haqida orzu qilaman.

V) Bekor o`tirishga vaqtim yo`q, doim turli tashvishlar bilan bandman.

4. Umumiy tanishingizning to`yiga taklif qilingansiz, ammo ko`ngil qo`yganingiz bora olmasligini aytdi…

A) U siz xech qayerga bormayman.

B) Borsam ham yonimda emasligini o`ylab siqilaman.

V) Albatta boraman, hayotim faqat unga bog`liq emas-ku.

5. Yoringiz omadsiz muhabbati haqida gap boshlasa…

A) To`g`risi bu juda yoqimsiz, eshitishni istamagan bo`lardim.

B) Mendan shubhalanayaptimikan deb o`ylab qolaman.

V)Nima sababdan bu haqda gap boshladi o`zi?

6. Sevgan insoningiz bo`la turib, qarama-qarshi jins vakillariga e`tibor qarata olasizmi?

A) Yo`q, aslo. Buni xiyonat deb bilaman.

B) Vaziyatga bog`liq…

V) Bir marta qarash va tabassum hadya etish xiyonatga kirmasa kerak?

Javoblar:

A — 1 ball;

B — 2 ball;

V — 3 ball.

0—6 ballgacha

Sizga ko`ngil qo`ygan insonning omadi bor ekan. Axir har qanday vaziyatda ham uni qo`llab-quvvatlashga tayyor turasiz-da. Hatto orangizga masofalar soya solsa-da, aslo boshqasi haqida o`ylab ham ko`rmaysiz. Ammo ruhshunoslar bunday munosabatni yoqlashmaydi. Siz sadoqat tushunchasini o`zni qurbon qilish deb talqin qilasiz. Albatta, sir saqlay olishingiz juda yaxshi, ammo yaqin insoningiz yoningizda bo`lmasa, do`stlar bilan ko`rishish va xursandchilik qilishning yomon tomoni yo`q. U ham sadoqatingizga munosib javob qaytara oladimi, yo`qmi? Shu savolga javob bering. Agar “Ha” desangiz, bir-biringizga juda munosib juftliksiz. Agar ikkilansangiz, haddan ortiq sadoqat ko`rsatishga xojat yo`q. Ehtimol, yoringizdan yuz o`girmasligingizni aniq bilgani uchun  yetarlicha e`tibor ko`rsatmayotgandir? O`ylab ko`ring.

7 — 11 ball

Yoringizni eshita olishingiz va tushunishga harakat qilishingiz ishonch uyg`otadi. Agar uzoq muddat ko`rishmasangiz, sog`inchingizni engishingiz mushkul kechadi. Ammo o`zingizni chalg`itish usullarni ham yaxshi bilasiz va ulardan o`rinli foydalana olasiz. Munosabatlaringiz janjallarsiz davom etishini istasangiz, unda shubha uyg`otishi mumkin bo`lgan hatti-harakatlardan ehtiyot bo`ling. Masalan, uning shaxsiy buyumlari va qo`l telefonini tekshirish odatlaringizdan voch kechsangiz, o`zaro ishonch yanada ortadi.

12—18 ball

Ehtimol kimdir ko`nglingizga ozor bergan-u, shu tufayli atrofdagilarga ishonmay qo`ygansiz. Ishonchsizligingizning sababi oddiy, o`sha voqealar yana takrorlanishidan havotirdasiz. Ammo bu hatti-harakatlaringizni ko`ngil qo`ygan insoningizda noto`g`ri taassurot paydo bo`lishiga olib keladi. U ham sizga butunlay ishona olmaydi. Shu sabab o`rtangizda jarlik paydo bo`lishi mumkin. Agar munosabatlaringizni qadrlasangiz, uning ishonchini qozonish uchun harakat qilishingiz lozim. Buning uchun faqat o`zingiz haqingizda o`ylayvermay, u nimani istashini tushunishga harakat qilishingiz lozim. Bergan va`dangizda turishga odatlaning va qo`rquvlaringizni engib, yoringizga ko`nglingizni oching.

manba: Darakchi.uz

Категория: Советы для женщин | Добавил: SONE (06 Окт 2016)
Просмотров: 1388 | Рейтинг: 1.0/2