Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Kechki sayrning 10 foydasi

Sport bilan shug`ullanishga sharoit yo`q, deya uyda o`tiravermang. Tezda qulay poyabzalingizni kiyib, sayrga chiqing. Oddiygina sayr qancha foyda keltirishini tasavvur ham qila olmaysiz.

1.     Alsgeymer kasalligining oldini oladi.

Bu xavfli kasallikning sabablaridan biri kamharakatlikdir. Shuning uchun ko`proq yayov yurishga odatlaning. Miyada qon aylanishi yaxshilanib, kislorodga to`yinadi.

2.     Mushaklarni tonusda ushlab turadi.

Yurish katta kuch talab etadigan mashq emas, ammo mushaklarga me`yorida og`irlik tushiradi. Shunday paytlar bo`ladiki, ma`lum muddat sport bilan shug`ullanish imkoniyati bo`lmaydi. O`shanda vaznni saqlab turish uchun ko`proq yuring.

3.     Yurak qon-tomir faoliyatini yaxshilaydi.

Yayov sayr qilish aerobik mashqlar turiga  kiradi. Sekin bo`lsa ham uzoq masofaga yayov yurish arterial bosimini me`yorlashtirib, yurak faoliyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

4.     Ovqat hazm qilish faoliyatini yaxshilaydi.

Piyoda yurish ovqat hazm qilish tizimiga ham foydali. Ovqat tezroq hazm bo`lishiga yordam beradi, axir bekorga ko`p ovqat eb qo`yganda piyoda yurishni maslahat deyishmaydi-ku.

5.     Kayfiyatni ko`taradi.

Agar yomon kayfiyatdan, stresslardan, xavotirdan xalos bo`lmoqchi bo`lsangiz, ko`proq toza havoda sayr qiling.

6.     Glaukomaning oldini oladi.

Shifokorlarning fikricha, me`yordagi jismoniy kuch ketgazadigan mashqlar, masalan yayov yurish glaukoma rivojlanishining oldini oladi.

7.     Vaznni normal holatda ushlab turadi.

Semirib ketmaslik uchun eng yaxshi usul!

8.     Suyak va to`qimalarni mustahkamlaydi.

Uzoq sayrlar nafaqat mushaklarni, balki suyak va to`qimalarni ham mustahkamlaydi. Shuningdek, artritning profilaktikasi uchun ham yurish tavsiya etiladi.

9.     Qandli diabet  kasalligida yordam beradi.

Shifokorlar qandli diabetga chalingan bemorlarga jismoniy mashqlardan ko`ra piyoda yurish tavsiya qiladilar.

10.   O`pka faoliyatini yaxshilaydi.

Yayov yurish nafas olish tizimiga, o`pkaga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Shunday ekan, mayda qadamlar bilan, engil nafas olib, sog`lik sari olg`a qadam tashlang!

Категория: Советы для женщин | Добавил: SONE (06 Окт 2016)
Просмотров: 1315 | Рейтинг: 1.0/3