Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Eringizning ko`ngil qulfini ocholganmisiz?

Hech bir erkak, hatto donishmandu faylasuflari ham ayolni tushunmaganlari kabi biz — ayollar ham erkaklarning xatti-harakati va mantig`ini anglashga ojizlik qilamiz. Jahlimiz chiqqan vaqtda «Erkaklarning barchasi bir xil» deb aytish esa odatiy gapga aylanib qolgan desak, yolg`on bo`lmaydi. Kuchli jins vakillarining yuragiga yo`l oshqozondan o`tgan ekanligi, fe`li torligi haqida bilsak-da, ko`pincha bu bilimlar turmush o`rtog`imizning qalb qulfini ochish uchun ozlik qilishini tan olmay ilojimiz yo`q. Xo`sh, jufti halolingizning ko`nglini qanday qilib zabt etishingiz mumkin?! Quyidagi testni echib, ba`zi savollaringizga javob topishingiz mumkin.

 

1. Eringiz bilan o`rtangizdagi munosabatlarni jiddiy ko`rib chiqishni istaysizmi?

A. «Ha, albatta!» — 1 ball

B. «Yo`q. Nazarimda, o`rtamizda hammasi joyida» — 0 ball

V. «Foydasi bo`lmasligi aniq!» — 1 ball

 

2. Turmush o`rtog`ingiz bilan turli xil mavzu yuzasidansuhbat qurishingiz mumkinmi? Hatto, yotoqxona bilan bog`liq savol bera olasizmi?

A. «Ha, bemalol. Bizning o`rtamizda chegara yo`q!» — 0 ball.

B. «Ha, lekin har doim emas» — 2 ball.

V. «Bu to`g`risida gap bo`lishi ham mumkin emas» — 1 ball.

 

3. Jufti halolingiz o`zini o`ylantirayotgan masalalarni ko`pincha sizdan yashiradi, deb o`ylaysizmi?

A. «O`z fikrini aytmaganiga yarasha, menikini ham tinglashni istamaydi» — 1 ball.

B. «Bu haqda o`ylab ko`rmagan ekanman» — 2 ball.

V. «Uni o`ylantirayotgan narsalardan doim xabarim bo`ladi» — 0 ball.

 

4. Istagan vaqtingizda turmush o`rtog`ingiz bilan jiddiy masalalarni muhokama qilishingiz mumkinmi?

A. «Ha, oilamiz uchun muhim bo`lgan har bir qarorni birgalikda qabul qilamiz» — 1 ball.

B. «Har doim ham emas, erimning kayfiyatiga qarab ish tutaman» — 1 ball.

V. «Ko`pincha yo`q, bunday ishlarga uning vaqti va xohishi bo`lmaydi» — 2 ball.

 

5. Gapirayotganingizda so`zlashish ohangingizga ahamiyat berasizmi?

A. «Ha, xato qilmaslikka harakat qilaman» — 1 ball.

B. «Yo`q, bu e`tibor berishga arzimaydigan holat-ku!» — 2 ball.

V. «O`zimning ham, uning ham qanday ohangda gapirayotganiga ahamiyat beraman. Bu orqali ko`p narsani bilib olish mumkin» — 0 ball.

 

6. O`zingiz yoki farzandlaringiz bilan bog`liq muammolarni turmush o`rtog`ingizga aytayotganingizda uni qiynab qo`ymasmikanman, deb o`ylaysizmi? 

A. «Albatta, erimning asabi behuda buzilishini istamayman» — 2 ball.

B. «Ochig`i, turmush o`rtog`imni bizning muammolar ko`p ham qiziqtiravermaydi. Uning boshqa jiddiyroq ishlari ko`p» — 1 ball.

V. «Yo`q» — 0 ball.

 

7. Shaxsiy masalalarda u bilan maslahatlashmay, kengashmay qaror qabul qilishga jur`atingiz etadimi?

A. «Ha, hamma gapni erimga aytaverishim shart deb hisoblamayman» — 2 ball.

B. «Barcha masalalarni birga muhokama qilamiz. Lekin har kim o`zi qaror qabul qilishiga imkoniyat beramiz» — 1 ball.

V. «Oilamiz bilan bog`liq har qanday masalani birga hal etamiz, qarorlarni ham kengashib qabul qilishga odatlanganmiz» — 0 ball.

 

8. Oilaviy yoki shaxsiy muammolaringizni ko`proq dugonalaringiz bilan bo`lishishni yoqtirasizmi? Eringiz sizni tushunishi, qo`llab-quvvatlashiga ishonmaysizmi?

A. «Ba`zida erimdan ko`ra dugonalarimdan jo`yali maslahat olaman. Erimga ayrim galarni aytishga or qilaman» — 1 ball.

B. «Faqat erim bilan maslahatlashaman. Undan yaqinroq, meni tushunadigan va himoyalaydigan insonim yo`q» — 0 ball.

V. «Dugonalarim meni ko`proq tushunadi. Er xotiniga hech qachon do`st bo`lmaydi» — 1 ball.

 

9. Eringiz bilan arazlashib qoldingiz deylik. Yarashuv tomon birinchi qadamni bosishga qaror qilsangiz, qaysi ishni qilgan bo`lardingiz?

A. «Ayb mendan o`tgan bo`lsa ham, hech qachon yalinmayman. Gaplashmasdan oylab yurgan vaqtlarimiz ham bo`lgan» — 1 ball.

B. «Men erimdan kechirim so`ramagunimgacha, u hech qachon yarashmaydi» — 1 ball.

V. «Bizda kim birinchi yarashar ekan degan gap umuman bo`lmaydi, bir soat o`tar-o`tmas gaplashib ketaveramiz» — 0 ball.

 

10. U bilan gaplashayotganingizda boshqa narsalar haqida o`ylaysizmi?

A. «Ba`zan shunday bo`lib turadi» — 2 ball.

B. «Yo`q, diqqat bilan tinglayman» — 0 ball.

V. «Xayolim qochsa, darhol e`tiborimni uning gaplariga qarataman» — 1 ball.

 

11. Biror kelishmovchilik yuzasidan bahslashayotganingizda avvalambor o`z fikringizni bildirishga harakat qilasizimi?

A. «Albatta, so`zimni tugatgach, erim gapirishi mumkin» — 2 ball.

B. «Uning gaplarini eshitishga harakat qilaman» — 0 ball.

V. «Ikkalamiz ham fikrimizni gapirib olishimiz kerak, deb o`ylayman» — 1 ball.

 

12. Juftingizni sizdan ko`ngli to`qligiga ishonasizmi?

A. «Ha, negaki, uning aytganlarini, xohishini so`zsiz bajaraman» — 0 ball.

B. «Hech kimning yuragini butunlay zabt etib bo`lmaydi, undan keyin men ham farishta emasman» — 2 ball.

V. «Ko`ngli to`qdirki, men bilan yashab yuribdi» — 1 ball.

 

Yo`riqnoma

O`z ballaringizni hisob-kitob qilib, natija bilan tanishib chiqing.

 

10 ballgacha

Siz turmush o`rtog`ingizni ko`ngliga allaqachon yo`l topa olgan ayolsiz. Bir-biringizni so`zsiz tushunasiz desak, aslo mubolag`a sanamang. Muhimi, ikkinchi tomonni diqqat bilan tinglashni bilasiz. Bunda nafaqat sizning, balki eringizning ham hissasi katta. U oilaparvar inson, sizni hurmat qiladi. Uning hurmatini oqlashda davom eting.

 

11 balldan 22 ballgacha

Siz hamon eringizni fe`lini o`rganayotgan ayolsiz. Ba`zan bu ishni oxiriga etkazishga sabringiz etmay qoladi. Eringiz sizdan ko`p narsa talab qilmaydi, shunchaki, ikki og`iz shirin gap va e`tibor u uchun etarli. Juftingiz kamgapligini siz suhbatlashishni istamayaptmi deb tushunmang. Faqatgina uning kayfiyati bilan hisoblashing. Shunda u siz uchun dilkash suhbatdoshga aylanadi.

 

23 balldan 32 ballgacha

Eringizni fe`lidan ko`ra sizniki tezroq. Murosayu madora degan narsalar borligi yodingizdami, axir? Ayol kishi erkakdan bir pog`ona pastda bo`lsagina, oilasi tinchlik va mustahkamlikka erishadi. Turmush o`rtog`ingiz sizdan ko`p narsa talab qilmaydi, uning hurmatini joyiga qo`ying. Kichik masalalarda ham u bilan maslahatlashing. Aks holda oilangizdan ishonch va samimiyat asta-sekinlik bilan yo`qolib boradi.

Категория: Советы для женщин | Добавил: SONE (13 Окт 2016)
Просмотров: 1978 | Рейтинг: 1.0/3