Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Erta klimaksning oldini oling!

Bugungi kunda erta klimaks tez-tez uchrab turayotgan holatga aylandi. Bu davrda o`ziga xos o`zgarishlar qatorida sog`ligimizda ham turli bezovtaliklar kelib chiqishi sir emas. Ularni bartaraf etish uchun esa  ishni taomnomadan boshlashni tavsiya etamiz:

•  Kalsiyga boy mahsulotlar – sut,qatiq, tvorog, yogurt, pishloq, tuxum, bodom, sariyog`, dengiz karamidan tayyorlangan yeguliklar ayni muddao.
•  Yarim to`yingan yog` kislotalariga ega bo`lgan o`simlik yog`i, yong`oqlar, albatta, taomnomaga kiritilishi zarur. Ular qondagi trigliserid va xolesterin miqdorini kamaytiradi.
•  Omega – 3 yog` kislotasi ko`p bo`lgan baliq turlari iste`mol qilinishi kerak. Hech bo`lmaganda haftasiga bir marta bo`lsa ham. Shuningdek, yong`oqlarni ermak qilish ham asabni tinchlantiradi.
•  Nonushtaga suli va manniy yormasidan tayyorlangan bo`tqalar, meva sharbatlari bo`lsa, tushlikka suyuq taomni tanlang. Kechki taomda esa ko`kat qo`shilgan salat yeyishingiz lozim.
•  Makaron yoki xamirli taomlarni bug`da tayyorlang.
•  Sabzi, karam, qizil lavlagi, bulg`or qalampiri, pomidor va barra ko`katlar immunitetga “tez yordam”dir. Unutmang, bu davrda immun tizimi zaiflashib qoladi.
•  Bor elementiga mo`l bo`lgan mayiz, shaftoli, anjir, qulupnay va olxo`riga  ham diqqat qiling.
•  Salat bargi tarkibida E vitamini talaygina. Ayni klimaksning boshlang`ich davrida salat bargi qo`shilgan taom va eguliklarni kanda qilmasangiz, kayfiyat o`zgaruvchanligi hamda uyqusizlikdan aziyat chekmaysiz.
•  Piyoz, sarimsoq immunitetni oshiribgina qolmay arterial qon bosimini ham me`yorlashtiradi.
•  Bu davrda shirinliklarga ko`p ham chalg`imang. Achchiq qora shokolad, yong`oq-mayiz aralashmasi stressni yengish uchun kifoyadir.

Категория: Советы для женщин | Добавил: Semeh (14 Ноя 2016)
Просмотров: 1335 | Рейтинг: 1.0/13