Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Agar bo'yningiz og'riyotgan bo'lsa
Og'riqdan eng yaxshi vosita bu - issiqlik, yengil uqalash, yengillashtirilgan jismoniy tarbiya va profilaktika - bo'yin uchun 1-5 daqiqalik kunlik o'tirgan yoki turgan holatdagi individual mashqlar.

1. Og'riq qoldirish uchun xalq tabobatidan retseptlar.

* Karamning 2dona yaprog'ini oling, 1tasini xo'jalik sovuni bilan ishqalang va ustiga iste'mol sodasini seping, ustiga 2chisini yoping. Toza tomoni bilan og'riyotgan joyingizga bosing va yungli sharf bilan kechasiga o'rab qo'ying.

* 4 choy qoshiq saryog'ni 1choy qoshiq atkuyrugu o'tini maydalanganini aralashtiring, kachasiga og'riyotgan joyingizga surting, ustidan kompress qog'ozi yoki plenka qo'yib, issiq sharf bilan bog'lab qo'ying.

* Og'riqdan dam badam qutilish uchun oddiy mashqlar yordam beradi - burningiz bilan havoda 1dan 10 gacha bo'lgan raqamlarni chizing yoki 2-3 harfdan iborat so'zlarni yozing. Boshida kichik ampletuda bilan, keyinchalik esa kayfiyatingizga qarab.

* Ko'rsatish barmoqlaringizning yumshoq yostiqchalari bilan bo'yningizda 5-6sm umurtqangizdan yuqorida, chanog'ingizdan pastda ( qulog'ingizdan 3sm) joylashgan 2 kerakli nuqtalarini 1-2 daqiqa uqalab, og'riqdan halos bo'lsa bo'ladi.

2. Mashqlar (imkon qadar bir kunda hech bo'lmasa bir marta)

- Bo'yinning peshanaga qo'yilgan, chakkangizga qo'yilgan, dahaningizga qo'yilgan qo'lingizga qarama qarshi harakat, pastga tepaga bo'yinni bukish 5-15soniya.
- Maksimal darajada ikki yonga boshni qayirish, sekin 5martadan.
- Qulog'ingizni ikki yelkaga teqqizishga harakat qiling, sekin asta 5martadan.
- Boshingizni aylana bo'ylab harakatlantiring, avval o'ngga so'ng chapga 5martadan sekin.
Категория: Уход за телом (Тана парвариши) | Добавил: SONE (26 Авг 2016)
Просмотров: 1102 | Рейтинг: 1.0/2