Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Sarimsoq piyoz bilan sut. Qon bosimini yaxshilaymiz.
Lyudmila Dalnichenko 56 yosh. 20yil oldin qo'yilgan tashxisi "gipertoniya", ya'ni surunkali arterial qon bosimining oshib yurishi. Ammo hozirda u aerobika bilan shug'ullanadi va bemalol achchiq qahva icha oladi, shaxsiy tonometrni bo'lsa qo'shni ayolga sovg'a qilib yubordi. Oddiy xalq tabobatining yuqori qon bosimiga qarshi ajoyib retseptini unga buvisi aytib bergan. Gipertoniya yurak qon tomirlari tizimining eng keng tarqalgan kasalligidir. 60ga to'lganlar orasida har ikkinchi odam bu kasallik bilan og'riydi. Lyudmila esa hovli joy, bog'dorchilik bilan band.

Lyudmilani sarimsoq piyoz qutqaradi. Uning qon tomirlariga foydasini ko'pchilik biladi. Biroq faqat Lyudmila uni tog'ri qo'llay oladi. Sarimsoq piyozni sutda qaynatish kerak ekan.

Birinchi uslub:
Sut - 1stakan, sarimsoq piyoz - 2dona artigan donachasi. Sarimsoq piyozni sutda qaynatib, to yumshab ketmagunicha pishirish kerak (30daqiqaga yaqin). Elakdan o'tkazib, xona haroratigacha sovutish kerak. Iliq sutni bir kunda 3mahal 1osh qoshiqdan iste'mol qiling.

Ikkinchi uslub:
Bir litr sutga besh bosh sarimsoq piyoz solasiz. Sarimsoqni tozalamang, butun bosh bilan soling faqat oldin changidan yuvib tashlang. Sut quyilgan idishga sarimsoqni solib, 15-20 daqiqa qaynating, sovigunicha kuting va elakdan o'tkazing. Bir kunda ikki mahal yarim stakandan iching. 2-3oy tashlamasdan ichib yuring. Bir necha kunda yaxshilanishni sezasiz. Agar yillar o'tib, qon bosimingiz yana ko'tarila boshlasa, mo'jizakor ichimlikni yana tayyorlang.
Категория: Уход за телом (Тана парвариши) | Добавил: SONE (26 Авг 2016)
Просмотров: 2681 | Рейтинг: 1.0/13