Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Mustahkam immunitet organizmingiz himoyasidir!

Kuzning dam issiq, dam sovuq «kayfiyati» kimnidir yo`talga, kimnidir esa aksirishga «majbur» qiladi. Bunday paytda havoda «sayr» qilib yurgan infeksiyalarni yuqtirib olish juda oson. Biroq immunitetimizni mustahkamlasak, hech qanday muammo bo`lmaydi. Bu ishni harajatlarsiz va tezkor yordamlar bilan amalga oshiramiz. Juda oson, foydali, va muhimi, uy sharoitida tayyorlasa bo`ladigan reseptlar bilan tanishtiramiz!

Immunitetni tushuruvchi omillar

  • Noqulay ob-havo sharoitlari.
  • Quyosh nurlarining etishmasligi.
  • Dori vositalarini ko`p miqdorda qabul qilish.
  • Turli kasalliklar asorati.
  • Zararli odatlar.
  • Jismoniy faollikning sustligi.
  • Noto`g`ri ovqatlanish.
  • Uyqu rejimining buzilishi.
  • Organizmning qattiq charchashi.
  • Ruhiy zarba.

Uy sharoitida

1.    0,5 l. qizdirilmagan pista yog`iga 500 gr. maydalangan sarimsoqpiyozni solib, 3 kunga salqin joyga qo`yib qo`ying. So`ng unga 300 gr. arpa donidan solib, muzlatkichda saqlaymiz. 1 oy davomida ovqatlanishdan yarim soat oldin 1 choy qoshiqdan 1 kunda 3 marta ichiladi. Ushbu muolajani 2 yilda 1 marta qilish kerak.

2.  1 l. suyuq asalga 10 ta limon sharbati va 10 bo`lak sarimsoqpiyozni solib, 1 hafta davomida og`zi yopilgan bankada saqlang. Xar kuni 1 martadan 4 choy qoshiqdan qabul qiling. Muolaja davomiyligi — 2 oy.

3.    200 gr. asal 100 ml. limon sharbati va 50 ml. o`simlik yog`ini aralashtirib, 1 choy qoshiqdan nahorda och qoringa iching.

4.    10 tomchi sarimsoqpiyoz sharbatini iliq sut bilan aralashtirib, uxlashdan oldin ichishni odat qiling.

5.    2 bosh piyozni maydalab, 200 gr. shakar bilan aralashtiring-da, 500 ml. suv solib, past olovda 1 yarim soat qayting. Sovugach, 2 osh qoshiq asal solamiz. Bir osh qoshiqdan bir kunda bir necha marta ichish mumkin.

6.    300 grammdan o`rik turshagi, tozalangan yong`oq va mayizni 3 dona limon po`stlog`i bilan go`shtiqiymalagichdan chiqaramiz va 1 osh qoshiq asal solib, aralashtiramiz. Aralashmani 1 osh qoshiqdan har kuni qabul qiling.

7.    2 ta o`rtacha kattalikdagi olmani po`stlog`idan tozalab, 100 gr. maydalangan yong`oq bilan aralashtiramiz-da, 2 ta limon sharbati va 1 osh qoshiq asal solamiz. Och qoringa 1 osh qoshiqdan bir kunda bir necha marta eyish mumkin.

Tavsiya etamiz!

  • Qovoq
  • Sabzi
  • Brokkoli ko`katlar
  • Sitrus mevalar
  • Sut mahsulotlari
  • Zaytun yog`i
  • Patison va kabachki
  • Kivi
  • Yong`oqlar

Mustahkam immunitet organizmingiz himoyasidirImmun tizimi kuchli bo`lishining eng katta siri, bu — xush kayfiyatda bo`lishKulib yuring, kasal bo`lmaysiz!

manba: Darakchi.uz

Категория: Уход за телом (Тана парвариши) | Добавил: SONE (26 Сен 2016)
Просмотров: 1374 | Рейтинг: 1.0/21