Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Ajoyib “Mimoza” salati

Kerakli masalliqlar:

Tuxum – 6 dona.

Konservalangan baliq — 1 banka

Qattiq pishloq — 150 gr.

Mayonez — 200 gr.

Sariyog‘ – 100 gramm

Boshpiyoz – 1 dona

Yangi uzilgan ko‘kat 4-5 ta shohcha

Tayyorlanishi:

1.Tuxum qaynatiladi va tozalanadi. Oqi pichoq bilan juda mayda to‘g‘raladi, sarig‘i sanchqi bilan eziladi.
2.Piyoz tozalanadi, mayda to‘g‘raladi yoki qirg‘ichdan chiqariladi. Pishloq o‘rta tishli qirg‘ichdan chiqariladi, ko‘kat maydalanadi.
3.Konservadagi baliqning ortiqcha yog‘i va katta qiltanoqlari olib tashlanadi. Baliq alohida likopga solinadi va sanchqi bilan eziladi.
4.Katta laganchaga tuxum oqlari solinadi. Ustidan pishloq va baliq qo‘yiladi. So‘ngra mayonez surkab chiqiladi.
5.Uning ustidan piyoz, tuxum sarig‘ining yarmi taxlanadi. Yana mayonez surkalib, ko‘kat sepiladi. Uning ustiga muzlagan sariyog‘ qirg‘ichdan chiqariladi.
6.Salat tuxumning qolgan sarig‘i bilan bezatiladi.
7.Salat muzlatgichga 2 soatga qo‘yiladi. Dasturxonga tortishdan oldin ko‘kat bilan bezatiladi.
Yoqimli ishtaha!

Категория: Кулинария (Пазандачилик) | Добавил: SONE (26 Авг 2016)
Просмотров: 2431 | Рейтинг: 1.7/3