Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Ajoyib oladilar
Kerakli mahsulotlar:

0,5 litr kefir

1 dona tuxum

1-1,5 stakan shakar

1/3 choy qoshiq tuz

0,5 choy qoshiq osh sodasi

350 gramm un

Tayyorlanishi:

Kefirni tog‘orachaga quyamiz, tuxum, shakar va tuzni qo‘shamiz. Kefir xona haroratida bo‘lgani yaxshi. Barchasini kurakcha bilan aralashtiriladi. So‘ngra un va osh sodasini solamiz. Sodani unga qo‘shish kerak, undan oldin solib bo‘lmaydi. Xamir quyuq bo‘lishi kerak, yaxshilab aralashtirishdan qo‘rqmang. Uni 10-15 daqiqaga olib qo‘yiladi. Agar kefir darhol muzlatgichdan olib ishlatilgan bo‘lsa, 20-30 daqiqaga unuting. Bu vaqtda kefirda soda reaksiyaga kirishib, pufakchalar hosil bo‘ladi. Xamir ko‘tariladi.

Gazga tovani qo‘yib, yog‘ quying. Tovaga siqqancha. qoshiqda xamirni quying va pishirib oling. Faqat qarab turing, usti qizarishi bilan boshqa tomoniga o‘giring. Esda tuting, oladilar ikki barobar bo‘lib ishadi, shu sababli o‘rtada masofani hisobga oling. Birinchi partiyani pishirib olgach, darhol yana yog‘ quying. Qizishini kutmang, xamirlarni pishirishda davom eting.
Категория: Кулинария (Пазандачилик) | Добавил: Semeh (26 Сен 2016)
Просмотров: 1219 | Рейтинг: 1.0/3