Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Suv tekkan telefonni qutqarib qolish yo‘llari
Bir necha tomchi suv telefon butunlay buzilishiga yoki noto‘g‘ri ishlay boshlashiga sabab bo‘lishi mumkin. Eng to‘g‘ri yo‘l servis vakillariga murojaat qilish bo‘ladi. Ammo buning imkoniyati bo‘lmasa, telefonga “tez yordam” kerak bo‘lsa, qanday yo‘l tutish lozim?

AdMe sizga bunday vaziyatda asqatadigan maslahatlarni keltiradi, deb xabar beradi “Daryo” nashri.

1. Telefonni suvdan yoki nam muhitdan imkon qadar tezroq chiqarib olib, darhol o‘chirish lozim. Gap shundaki, telefon detallari sanoqli daqiqalarda suv o‘tkazadi. Telefon qurimaguniga qadar uni yoqmang. Aks holda suv tomchisi ham qisqa tutashuvga olib kelishi mumkin.

2. Telefonning qopqog‘ini ochib, batareyani chiqarib oling. Bu ichki sxemalar kuyishi ehtimolini kamaytiradi. Telefon va uning detallarini ehtiyotkorlik bilan arting.

3. SIM-kartani chiqarib oling. Uni ham yaxshilab artib, quritish, so‘ng telefonning o‘zi tayyor bo‘lmaguniga qadar chekkaga olib qo‘yish lozim.

4. Barcha yordamchi uskunalar, masalan, naushniklar, xotira kartalari, g‘ilof, himoya plyonkalari va hokazolarni o‘chirish yoki yechib olish lozim.

5. Qo‘l ostida changyutkich bo‘lsa, uning yordamida uskunadan suvni chiqarib tashlang. Telefonning har bir detalini 20 daqiqa davomida changyutkich bilan tozalash lozim. Bu jarayonda telefonni aylantirib, havo hamma yeriga tegishini ta’minlang.

Telefonni changyutkich quvuriga ortiq darajada yaqinlashtirmang, aks holda yuzaga kelgan statik elektr toki bundan-da yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.

6. Telefonni quritish uchun fendan foydalanmang — bu uskuna namlikni ichkariga kirgizib yuboradi, bu ayniqsa telefonning ichidagi elektron komponentlarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Shuningdek, ayrim detallar erib ketishi ehtimoli mavjud.

7. Telefonni quritishning eng yaxshi yo‘llaridan biri uni quruq guruch to‘ldirilgan paketga joylashdir. Guruch namlikni yaxshi tortib va shimib oladi, bu esa korroziyani sekinlashtiradi.

Telefon guruch to‘la idish yoki paketda kamida 2–3 kun tursin. Bu uzoq jarayon bo‘lib, sabr-toqat talab etadi. Guruchning o‘rniga silikogeldan foydalansa ham bo‘ladi.

Dastlabki 6 soat mobaynida absorbsiya qiluvchi material ichidagi telefonni soatiga bir marta tekshirish lozim. Agar uning yuzasida namlik yuzaga kelgan bo‘lsa, telefonni qaytadan artish yoki quritish talab etiladi.

8. Telefonni quyosh nuri tushib turgan joyga qo‘ying, shunda barcha tirqishlar qurishi osonroq kechadi.

Uskuna ustiga salfetka yoki qog‘oz sochiq qo‘yilsa, namlikning qolib ketgan oz qismi ham shimib olinadi.

9. 24 soatdan so‘ng tashqi tomondan mobil uskuna quruq ekanligiga amin bo‘ling. Tirqishlar va portlarni tekshiring. Agar telefon rostan quruq va toza tuyulsa, akkumulyatorni joyga qo‘yib, uni yoqib ko‘ring. Shubhali shovqin va ovozlarga e’tibor qarating — ular telefon noto‘g‘ri ishlayotganidan dalolat beradi.

10. Agar quritilgan telefon yonmasa, bunga batareya quvvatsizlangani sabab bo‘lishi mumkin. Batareyani quvvatlantirib, jarayonni takrorlang. Bu ham yordam bermasa, servisga murojaat qiling. Ustaga buzilish sababi qanchalik aniq tushuntirilsa, u uskunani shu qadar tez va mukammal tuzatib beradi.
Maslahatlar:

Do‘konlarda namlangan telefonlar reanimatsiyasiga mo‘ljallangan to‘plamlar sotiladi;
Telefon tuzli suvdan zarar ko‘rgan bo‘lsa, uni dastlab toza suv bilan artish lozim, aks holda tuz kristallari akkumulyator ulagichida qolib ketishi mumkin.
Nam obyektga changyutkichni qaratmang — sizni tok urishi mumkin.
Agar telefonni uzoq vaqt davomida issiqlik manbaiga yaqin tutsangiz, ayrim detallar erib ketishi mumkin. Batareyani qizitsangiz, u portlab ketishi mumkin.

Telefonni mustaqil ravishda butunlay ochib tashlashga urinmang. Bunday tajriba qisqa tutashuvga yoki zararli kimyoviy moddalar bilan zaharlanishga olib kelishi mumkin.
Категория: Советы для мужчин | Добавил: SONE (26 Авг 2016)
Просмотров: 1155 | Рейтинг: 1.0/5