Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Siz qanday odamsiz?
O’z «men»i haqida bilish hamma uchun qiziq. Bizning ushbu testimiz o’zingizni yaxshiroq anglashga yordam beradi. Quyida sizga foydali va yoqimli mashg’ulot taklif etiladi.

1. Dengizni hayolan tasavvur qiling. U qanaqa rangda?

— to’q ko’k

-havorang -yashil

-kulrang

2. Qarshingizda tog’ turibdi. Uning qayerida turishni xohlardingiz?

-tog’ etagida

-tog’ qiyaligida

-tog’ cho’qqisida

3. Qaysi bir shakl sizga yoqimliroq?

-doira

-kvadrat

-uchburchak

4.Tanlagan narsangiz nimadan ishlangan bo’lishi kerak?

-yog’ochdan;

— shishadan;

-qimmatbaho toshdan;

— metalldan.

5. Siz notanish bino yo’lagiga kirib ikkita eshikni ko’rdingiz. Biri chapda,sizdan besh qadam narida, ikkinchisi esa o’ngda, yo’lakning oxirida. Ikkita eshik ham ochiq. Sizning qarshingizda esa yerda kalit yotibdi. Xonaga kirishdan avval kalitni yerdan olasizmi? Qaysi bir eshikka kirasiz?

6. Tasavvuringizda ot rasmini chizing.

U qanday rangda?

-jigar rang

-qora

-oq

7. Bo’ron boshlanayapti. Siz nima qilasiz?

-otga minib tinch joyga qochib ketasiz.

-uyga kirib yashirinasiz.

Endi javoblaringizni tahlil qilamiz.

1. Bu savol sizning shaxsiyatingizga umumiy tavsif beradi. Agar to’q ko’k rangni tanlagan bo’lsangiz, demak siz murakkab tabiatli odamsiz. Agar havorong to’g’ri kelsa, boshqalar sizni oson tushunadi. Yashil dengizni muloqotga kirishuvchan va hech narsadan tortinmaydigan (komplekslarsiz) odamlar tanlashadi. Agar dengiz kulrang bo’lsa, siz juda tortinchoq odamsiz.

2. Xohish-istaklaringiz siz ko’rsatgan darajada. Agar cho’qqini tanlagan bo’lsangiz- juda ko’p narsaga da’vo qilasiz. Tog’ etagi esa har qanday hayot tarziga ko’nikishingizni bildiradi.

3. Tanlagan shaklingiz konformizm sizga xosmi va u qay darajada ekanligini bildiradi. Doirani tanlagan bo’lsangiz, demak hammaga yoqishga intilasiz. Kvadratda to’xtadingiz- demak siz ancha mustaqil shaxssiz. Uchburchak- o’jar va qaysarsiz.

4.Siz tanlagan narsaning qanaqaqa ashyodan tayyorlangani atrofdagilar bilan munosabatingiz ramzidir. Shisha qalbingiz nozikligini va har doim ham o’zingizga ishonavermasligingizni bildiradi. Metall- siz juda kuchli shaxs ekanligingizni bildiradi. Doim atrofdagilardan ustun turasiz. Agar qimmatbaho toshni tanlagan bo’lsangiz, sizni ishontirish va majburlash juda qiyin.

5. Agar kalitni olsangiz,hayotda qiyin yo’lni tanlaysiz. Agar darhol xonaga kirsangiz,ayniqsa uzoqroqdagisiga, sizda tovlamachilikka moyillik bor.Siz yangiliklar tarafdorisiz va boshqalarga qarab ish tutishni yomon ko’rasiz.

6. Ot rangi sizning hayotga munosabatingizni bildiradi. Jigarrang- siz erda mustahkam turibsiz. Doim aniq hisob-kitobga rioya qilasiz. Qora ot- sizni tushunish qiyin. Qiyinchiliklarga o’zingizni uraverasiz. Oq ot- sizga dimog’dorlik xos. Atrofdagilarda taassurot qoldirishni yaxshi ko’rasiz.

7. Bu savolga javob — hayotda ko’proq kimga ishonishingizga aniqlik kiritadi. Otni tanladingiz- demak hayotdagi og’ir vaziyatlarda avvalo do’stlaringizdan yordam kutasiz. Agar uyni tanlagan bo’lsangiz, demak siz oilani birinchi o’ringa qo’yasiz va yordamni umr yo’ldoshingizdan kutasiz.
Категория: Психологические тесты | Добавил: SONE (07 Авг 2016)
Просмотров: 3013 | Рейтинг: 1.0/9