Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Uyqu vaqtidagi holatingiz siz haqingizda nimalarni ayon qiladi? (Psixologik test)

1. Agar siz tizzangiz bilan kimgadir yoki nimagadir suyanmasdan uxlay olmasangiz, demak siz ishonchli va xotirjam insonsiz. Sizni hafa qilish oson emas va siz kelejakka ishonch bilan qaraysiz. Bunday odamlar uyquga to’ymay turganlarida ham tabassum qila oladilar va hayotdagi har qanday o’zgarishlarga osongina ko’nika oladilar.

2.Agar siz asosan embrion (ya’ni homila) holatida uxlasangiz, demak siz himoya, mehr- shavqat va hamdardlikka muhtojsiz. G’ujanak bo’lib olib, siz atrof- muxitdagi muammolardan o’zingizni chegaralab olasiz. O’zingizning iste’dod va qobiliyatlaringizni ishga soling — tabiat manzaralarining rasmini chizing, raqslar o’rganing, internetda blog oching. Agar sizga tegishli bo’lgan erkak shunday uxlasa, hukmingizni o’tkazishni to’xtating. Agar mushugingiz shunday holatda uxlasa- bu tabiiy hol)

3. Qorin bilan, qo’l — oyog’ini atrofga yoyib uxlash — peshqadamlarga xos. Ular sezgir, serg’ayrat va harakatchandirlar. Uydagi va ishdagi tartibga alohida e’tibor qaratadilar. Kutilmagan hodisalarni yoqtirmaydilar, shuning uchun hamma ishlarni oldindan puxta rejalashtiradilar. O’zlarining tirishqoqligi va mas’uliyati tufayli omad va farog’atga osongina erishadilar.

4. Chalqancha tushib – qirollar va taqvodorlar uxlashadi. Siz shular jumlasidanmisiz? Unda siz xushchaqchaqsiz, quvnoq davralarni xush ko’rasiz, hammaning diqqat markazida bo’lishga o’rganib qolgansiz. Ishda siz qat’iyatli va o’jarsiz, lekin oqilona ish tutasiz, haqiqatni yuzga aytishni afzal bilasiz. Bunday xolatda ko’pincha erkaklar uxlashadi, biroq “temir” xonimlar ham mustasno emas.

5. Agar soqchi askarga o’xshab uxlasangizunda siz vazmin shaxssiz. Hayotda aniq maqsadga egasiz va unga intilasiz. Siz qattiqqo’l, sinchko’v va talabchansiz, lekin o’zingizni ko’proq nazorat qilasiz.

6.Qarqaraga o’xshab uxlaysizmi? Har xil sarguzashtlarga o’chsiz, hayolga kelmagan ishlarni qilasiz, kayfiyatingizni tez- tez o’zgarib turishi hammani lol qiladi. Siz yumshoq, muloyim ahvolingizdan birdaniga og’zidan o’t purkaydigan ajdarhoga aylanishingiz mumkin. Qaror qabul qilishda qiynalasiz. Lekin turmushda va ishda siz barqarorlik, xotirjamlik va ehtiyotkorlikni afzal ko’rasiz.

Категория: Психологические тесты | Добавил: SONE (11 Авг 2016)
Просмотров: 3586 | Рейтинг: 1.4/9