Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Tirnoqlaringiz siz haqingizda?
TIRNOQ FORMASIGA QARAB XARAKTERNI ANIQLASH

1-, 2- VA 5- RASMDAGI TO'RTBURCHAK SHAKLGA EGA BO'LGAN TIRNOQLAR:
Bunday shaklli tirnoq soxiblari odatda o'tkir aqilli, qiziquvchan, yuqori intellektualli, diqqatini bir joyga jamlay oladigan insonlardir. To'rtburchak shakldagi tirnoq egalari hayotiy tartibni xush ko'radilar. Barcha muammolar va omadlarga faylasufona yondashadilar. Izlanishlar natijasi shuni ko'rsatadiki, bunday tirnoqli insonni aqli, xissiyotlaridan ustun turadi. Bunday tirnoq egalari ishda yurakka emas ko'proq aqlga tayanadilar.

7- RASMDAGI UCHBURCHAKSIMON TIRNOQLAR:
Bunday shaklli tirnoq egalari qoidaga ko'ra, ishchan va qo'li gul ustalardir. Bunday tirnoqli shaxslar ishonuvchan, mexribon, optimist, ochiqko'ngil va hammani, hamma narsani ideal qilishga moyil insondirlar. Ammo bunday insonlar taqdirga ishonib yashashga odatlanishgan, ular odatda barcha xoxlagan narsalariga xarakat qilib erishadilar. Shunday bo'lsada bu shaxslar hayotda faqatgina o'z kuchiga ishonadi.

4-, 6- VA 8- RASMDAGI QIRRALI TIRNOQ EGALARI XARAKTERI:
Bunday tirnoq soxiblari odatda, ijodkor shaxslardir. Kuzatuvlar natijasi shuni ko'rsatadiki, musiqachi, rassom, xaykaltarosh, modelyer va boshqa san'at yo'nalishida ijod qiluvchi insonlar tirnoqlarini shaklda o'tkirlashadi, albatta bu ko'rsatkich ko'proq ayollar orasida uchraydi. Bunday tirnoq egalari noodatiy fikrlaydigan, orzularga beriluvchan, kreativ, dunyodan zavqlanib yashaydigan, erkinlikni sevuvchi, extirosli, sabrsiz, biron ishga tez va jiddiy kirishuvchi, tasirchan insonlardir.

3- VA 9- DUMALOQ SHAKLDAGI TIRNOQ EGALARI XARAKTERI:
Bunday dumaloq yoki oval tirnoq soxiblari- xissiyotga moyil, emotsional shaxslardir. Ular o'z shaxsiy qoidalariga ko'ra yashaydilar, hayolidagi ideallari borligiga ishonadilar, o'jar, adolat uchun kurashuvchi va xatto ozgina qattiqqo'llikka ham toqat qilolmaydigan shaxslardir. Olimlar fikricha bunday insonlar hayotga, dunyoviy ijod qilish uchun tug'ilishgan.
Категория: Психологические тесты | Добавил: SONE (07 Май 2017)
Просмотров: 7142 | Рейтинг: 1.5/4