Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Tufliga qarab, fe`lingizni aytamiz!
Baland posha
Baland poshnali oyoq kiyimlarga ixtiyor beruvchi
xonimlar o`zlarini haqiqiy xonimdek his etishni
istashar ekan. Bu o`ziga bo`lgan ishonchning
yuqori emasligidan ham so`zlashi mumkin. Ammo
yana bir toifa borki, ularga kompleks degan ibora
yot, betakrorliklariga ishonadalar va buni barcha
tan olishini istashadi. Qoliplardan qo`rqishadi.
«Shpilka»
O`ziga ishongan ayollarning tanlovi. Sizni dilbarlik
bilan tushunishadi, tez til topishishadi, begonalar
davrasida ham o`zini bemalol tuta oladi.
Ham poshanli, ham platformali
O`z go`zalligi va omadiga ishongan qizlar ana
shunday oyoq kiyimlarni kiyishni yoqtirisharkan.
Ular qa`tiyatlidirlar. To`g`ri, ba`zida o`ylamay
qadam bosishadi.
Platforma
Romantik va tajribali ayollarning tuflilari ayni shu
shaklda. Ular boshqalarga ko`mak berishni
yoqtirishadi va beg`araz yordamlarini
ayashmaydi.
Poshnasiz
Xotirjam va juda xushmuomala ayollarimiz
poshnasiz oyoq kiyimlarni tanlasharkan. Ular qiyin
vaziyatlardan osonlik bilan chiqishadi. Dugonalar
ko`p bo`ladi. Chunki sir saqlashni bilishadi-da.
Past poshna
Kuchlilarning tanlovi. Ular doim nima
istayotganini bilishadi. Ammo past poshnali tufli
kiyadiganlarlar bir qismi, tez charchab qoluvchi
va tushkunlikka moyillardir.
Sport poyabzali
O`zlarining qulayliklarini birinchi o`ringa
qo`yishadi. Qanaqa istasa, shunaqa yashash
kerak deydiganlardan. Ular bilan aloqa o`rnatish
oson. Sababi juda hazilkash. Bittas salbiyroq
tomoni, o`zgarishlardan qo`rqishadi.
Qadah shaklli
Tanqidga yo`q, turli mavzularda suhbatlashishni
yoqtiradigan, istaklari yo`lida jur`atli ayollarning
ishqi aynan shu shakl tuflilarga tushgan.
Tejamkorliklari tahsinga loyiq. Har doim ruhan
xotirjamlikni istashadi.
Категория: Психологические тесты | Добавил: WHM (29 Июн 2017)
Просмотров: 6027 | Рейтинг: 1.2/4