Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

QAYSI OYDA TUG'ILGANSIZ YAXSHI QIZ
YANVAR: Kirishimliligingiz sabab atrofdagilar bilan tez til topishasiz. Sizni sevganlarni chin dildan qadrlaysiz. Ichki dunyoyingiz go'zalligi, tashqi qiyofangizda namoyon bo'ladi. Orzularingizning cheki yo'q. Ular ushalishiga ishonib yashaysiz.Kamchiligingiz-doim diqqat markazida bo'lishni istaysiz. Agar biror davrada e'tibordan chetroqda qolsangiz, arazlab to'ningizni teskari kiyib olmang.

FEVRAL: Aqilli va dunyoqarashi keng insonsiz. Ich-ichingizdan ramantikaga oshufta bo'lsangizda, hayotga real ko'z bilan qaraysiz.Birovning qo'liga qarab.o'tirishga tobingiz yo'q.Barcha ishlarni bir o'zingiz bajarishni yoqtirasiz. Jahlingiz tez chiqsda buni yashira olishingiz taxsinga loyiq.

MART: Istarasi issiq, sirli, yoqimtoy, qo'li va ko'ngli ochiq ayolsiz. Ko'p gapirishni yoqtirasiz. Tez jahlingiz chiqadi. Tanbex berishga ustasiz. Maqtov eshitish esa jonu dilingiz. So'ngi urfdagi kiyimlarni kiyishingiz, doim o'zingizga e'tiborli bo'lishingiz shart. Atrofdagilarga ham shunday munosabatda bo'ling.

APREL: Xazilkash, quvnoq, o'jar, sergap va xotamtoysiz. Atrofdagilar bilan yaxshi munosabatda bo'lasiz. Shuning uchun ishdayam oshig'ingiz olchi. Yangiliklardan doim boxabarsiz. Sport bilan shug'ullanish, musiqa tinglash, dam olish va sayohatga chiqish jonu dilingiz.

MAY: Ushbu oyda tug'ilgan xonimlar qaror qabul qilishga usta bo'lishadi. Murosai madoraning ustasi farangi ekanliklari bois ulardan yaxshi rahbar chiqadi..Qo'rqmasdan maqsadlari sari intiladi. Xamisha kulib turgani uchun xafa qilishga botina olmaysiz. Shu sabab do'stlari ko'p. His-hayajonga beriluvchan, dilidagi tilidadir. Salbiy tomoni judayam e'tibortalabdir.

IYUN: Yozning ilk oyida tug'ilgan ayollar «Ichimdagini top» deydiganlardan. Xotirjam, dunyoni suv bossa ham to'pig'iga chiqmaydi. G'ururi baland. Bitta insonni sevadilar va ular uchun sadoqat muhim. Rashq olovini bir yoqsalar, o'chirolmay olam ovvora. Do'stlari uchun bor imkoniyatlarini ishga soladi. Raxbarlik qobiliyati kuchli.

IYUL: Betakror ba go'zal ayolsiz. Yangi do'stlar bilan tanishishni xush ko'rasiz. Istasangiz zavq-u shavqqa to'la hayot kechirish. Shu sabab muammolarga duch kelganda o'zingizni yo'qotib qo'yasiz. Biroz vazminroq bo'ling, hayotga jiddiy qarang.

AVGUST: Ko'nglingiz bo'sh. Ammo hamma narsa nazoratingizda bo'lishini xohlaysiz. O'zingizga ishonchingiz baland. Suvni ko'rmaguncha etagingizni yechmaydiganlar toifasiga kirasiz. Tasavvur olamingiz juda boy. Qiziquvchansiz. Kuchliligingiz va irodangiz o'rnak bo'lishga arzigulik.

SENTABR: Ja'soratli ayol. Sizga do'stlaringiz davrasida bo'lish yoqadi. E'tibortalabsiz-u, ammo odamlarning diqqatini o'zingiz tortishini bilmaysiz. Soxtalikni xushlamaydigan, samimiysiz. Hayotda biroz faolroq bo'lsangiz, ko'p narsaga erishasiz.

OKTABR: Xotirangizga gap yo'q. Voqea-hodisalarga juda e'tiborlisiz. O'zingiz istagan narsalarga erishish uchun chin dildan harakat qilasiz. Olma pishib, og'zingizga tushishini kutmaysiz. Xazilga ustasiz. Doim kulib yurasiz.

NOYABR: Qaysar, ba'zi paytlarda qaxri qattiq bu xonimlarning irodasi kuchli. Ularni yupatish oson. Hamma joyda tartibni va ma'suliyatni talab qilishadi. Adabiy asarlar o'qishni va san'atni yaxshi ko'radi. Kechirish va unutishni o'rganishsa, yashashlari oson bo'lardi.

DEKABR: Chiroyli, ta'sirchan va faolsiz. Yaqinlaringizdan yordamingizni ayamaysiz. So'z bilan hamma narsani tushuntirib bera olasiz-u, ammo atrofdagilarni tinglashni bilmaysiz. Doim shoshib yurasiz. Sabrliroq bo'ling, shunda muammolar girdobida qolib ketmaysiz.
Категория: Психологические тесты | Добавил: SONE (12 Июл 2017)
Просмотров: 30425 | Рейтинг: 2.0/5