Sizni Rom Qilish Qanchalar Oson? (Sinab Ko'ramiz)
Ushbu test ayollarga mo'ljallangan, lekin gap faqat muhabbat haqida emas. Es-xushungizni boshqa narsalar ham olib qo'yishi, birovning xohishiga yoki istagiga tez ko'nishingiz mumkinmi? Boshqa ayollar sizda bo'lmagan yoki siznikidan yaxshiroq bo'lgan biror narsani ko'rsangiz, imkoniyatingizdan qat'iy nazar o'sha narsa sizda bo'lishiga ham urinasizmi? Buni quyidagi test savollariga javob berib, bilib olishingiz mumkin.Testdan o'zingizga ma'qul bo'lgan javobni belgilang.

1. O'zish uchun parxezda edingiz. Do'stlaringiz restoranga taklif qilishdi. Siz:

a) taklifni qabul qilasiz:
b) kun bo'yi hech narsa yemay, restoranda ham mezbonlarni hafa qilmaslik uchungina ozroq ovqat yeysiz:
v) chin dildan rahmat aytib, taklifni rad etasiz.

2. Dugonangiz siz orzu qilgan ko'ylakdan sotayapti, lekin sizda pul yo'q. Nima qilasiz:

a) maosh olgandan so'ng ko'ylak sotib olasiz:
b) pul yiqquningizgacha ko'ylakni sotib qo'ymasligini dugonangizdan so'raysiz:
v) biror yerdan yetarli pulni qarz olishni o'ylaysiz:

3. Faraz qiling, bir necha yillar pul yig'ib olgan mashinangizni qishloqqa borib kelish uchun dugonangiz so'rab qoldi. Qanday yo'l tutasiz?

a) hech kimga uni bermasligingiz haqida o'zingizga o'zingiz qasam ichganligingizni unga samimiy bildirasiz;
b) mashinam buzuq deysiz;
v) mashinani berib yuborasiz

4. Oyingizning mehmonga kiyib bormoqchi bo'lgan kiyimini bichib-tikishga yordam berishni zimmangizga olgan edingiz. Dugonangiz telefon qilib sizni qiziq narsaga taklif qildi. Siz:

a) zarur ishimni bitirib boraman deysiz;
b) oyingizga bergan va'dangizni bajarasiz;
v) oyingizdan bu ishni o'zi uddalashini so'raysiz.

5. Muzeydagi ko'rgazmaning ochilishida yaxshi bir odam bilan tanishdingiz. U yerda erkin gaplasha olmaganingiz uchun u sizni yo'lning narigi tomonidagi uyiga taklif qildi:

a) siz buni ajoyib fikr deb topasiz;
b) ertaga qaxvaxonada uchrashishni taklif qilasiz:
v) uning fikrini buzuq ekanligini aytib, sovuq hayrlashasiz.

6. Bir bellashuvda asosiy yutuqni yutdingiz. Nimani tanlaysiz:

a) tog'li dam olish maskanida ikki haftalik hordiq;
b) naqd pul mukofoti;
v) mobil telefon, elektr choynak va h.k.

7. Tunda qanday kiyimda uxlashni yoqtirasiz?

a) tungi ko'ylak;
b) pijama;
v) kiyimsiz.

8. Eringiz (yigitingiz) vaqti- vaqti bilan sizga gul sovg'a qiladi. Sizga qanday gul yoqadi:

a) atirgul;
b) binafsha;
v) orxideya.

9. Yulduzlar bashoratiga ishonasizmi?

a) xa;
b) yo'q, chunki bu be'manilik;
v) bashorat ijobiy bo'lsa, ishonaman.

10. Bozorga borib ko'p narsa sotib oldingiz. Uyga qaytishga esa pulingiz qolmabdi. Siz:

a) avtobusda ketasiz;
b) piyoda qaytasiz;
v) notanish biror kishidan qarz so'rab turasiz.

11. Siz shaharning mashxur sartaroshxonasida sochingizni turmaklatdingiz. Yaqin dugonangiz esa sochingiz sizni qari ko'rsatayapti dedi, siz:

a) darxol sochingizni o'zgartirasiz;
b) bu tanqidga e'tibor bermaslikka harakat qilasiz;
v) biror narsa qilishdan oldin boshqalarning hamfikrini bilasiz.

12. Sumkachangizni ichi qanaqa:

a) tartibli, har narsaning o'z joyi bor;
b) biroz tartibsiz;
v) hamma narsa aralash-quralash.

Quyidagi yordamida to'plagan ballaringizni hisoblang. Ta'rif : (a-3) - bunda 3 raqami 3 ballni bildiradi.

1-savol > a-3, b-2, v-1
2-savol > a-2, b-1, v-3
3-savol > a-1, b-2, v-3
4-savol > a-2, b-1, v-3
5-savol > a-3, b-2, v-1
6-savol > a-3, b-1, v-2
7-savol > a-2, b-1, v-3
8-savol > a-3, b-2, v-1
9-savol > a-2, b-1, v-3
10-savol > a-3, b-1, v-2
11-savol > a-3, b-1, v-2
12-savol > a-1, b-2, v-3

NATIJALAR:

12-19 ball. Siz nima hohlashingizni va nimani hohlamasligingizni juda yaxshi bilasiz. Siz qat''iytamoyil qarashlarga egasiz va ulardan chekinmaysiz. Bu bir tomondan yaxshi, chunki hatoga yo'l qo'ymaysiz. Boshqa tomondan esa bunday narsalarga jiddiy qarab, ularni qattiqqo'llik bilan baholab, yashash og'ir. Buning natijasida siz yoqimli, kutilmagan sovg'alardan, ya'ni hayot quvonchlaridan mahrum bo'lib qolasiz. Xavf haqida o'ylamay, hamma narsaga havas bilan qarang.

20-28 ball. Ba'zan indamas odamdek tasavvur uyg'otasiz, keyin esa kutilmagan kuchli hissiyotlarni namoyon qilasiz. Agar aql va hissiyotdan birini tanlash kerak bo'lsa, doim aql yengib chiqadi. Hech qachon es-hushingizni yo'qotar darajada hayajonlanmaysiz. Siz bilan munosabat o'rnatmoqchi bo'lgan odam sabrli bo'lishi kerak. Sizni faqat "aql" orqali ishontirish mumkin. Vaqtinchalik tanishlarni yoqtirmaysiz, ularga e'tibor bermaysiz. Haqiqiy buyuk do'stlikni va muhabbatni qadrlaysiz.

29-36 ball. Hayotning barcha huzur-halovatlaridan foydalanib, unga o'yindek munosabatda bo'lishni yaxshi ko'rasiz. Agar kimdur bu o'yinga qo'shilmasa, undan hafa bo'lasiz. Siz hamma uchun yoqimli, iltifotli va samimiysiz, biroq o'z do'stlaringizdan ular hohlagandan tezroq ajralasiz. O'ta xissiyotlisiz - bir qarasa yettinchi osmondasiz, keyin esa birdan noxushliklardan chuqur g'amga botasiz. Siz voqeliklarga to'g'ri baho berishni o'rganishingiz kerak, aks holda, yo'qotilgan baxtni topishga qiynalasiz.
Категория: Psixologik testlar | Добавил: Isroil (29 Янв 2019)
Просмотров: 4250 | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

Mobile version PDA | Copyright Design by Pro "S"
Design version 1.00


Мы в социальных сетях:


REKLAMA