Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Internetnoma
Mendan nima qolar — besh-o'nqator kod,
Ikki sandiq disku, eski diskovod,
Systemga o'tirgan chirkin viruslar,
Va bazasi eskirgan 32 Nod.

Kompda o'tiribman, sezib turibman,
Netdan kelayotir viruslar toshib,
CPU kuchanadi, RAM ga yolvorib,
Titraydi, qaqshaydi nagruzka oshib.

Ko'chaga men yana chiqamanmi-a?
Ulfat-la choyxonada o'tirolmadim,
To'rtta dasturim bor «bug» larga to'la,
Chalasini hanuz bitirolmadim.

O'glim ekranga boq, ko'rgin ne savdo,
Bu ishlar tarixin Notepad da yoz,
Kimlarga yetmaydi boylik, mol- dunyo,
Menga esa trafik yetmaydi holos.

Videocard turibdi, xo'p qizigan, cho'q,
Case ni qopqog'ini hecham yopmadim,
«Gezargan» keyboard, bitta«key»i yo'q
Bir yili yuqolgan, hali topmadim

Oynaga qarayman ko'zim qizarib,
Windowsni nuqsi ham yuzga uribdi,
Qop-qora sochlarning bir chekkasidan
Bir tutam oq tola boqib turibdi.

Hulosa Koder bo'lay desang gar,
Maslahatim olvogin,
Cho'ntaginga besh-o'nta,
Novo-passit solvogin.
Категория: Hazil sherlar | Добавил: osa (24 Авг 2016)
Просмотров: 3759 | Рейтинг: 1.0/9