Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Rep aytish bo'yicha saboq 2

Salom aziz saytimiz foydalanuvchilari va repperlari sizlar bilan yana men Professor S!!!

 Professor S ning sotsial tarmoqlardagi profillari

Professor S @Professor_S

1.O'z yo'nalishingizni aniqlab oling va rivojlantiring!

Har bir repperning o'z yonalishi bor! Siz ham o'zingizga yo'nalish tanlang va o'zingiz rep uchun yo'nalishingizga mos sher yozishga harakat qiling albatta uddalaysiz!Ko'proq she'riy kitoblar o'qing, taniqli shoirlarni sherlarini ko'zdan kechiring kerakli joylarini yodlang!

O'zingizga bitta mavzu tanlang va mavzudan chetlamagan xolda sher yozishga kirishing.Ko'p emas 1-kun 10 qator yozing uni tahlil qiling vazn qofiyalarini qayta ko'rib chiqing!

2-kun yana 10 qator xullas boshlanishiga kam-kam yozib ko'p taxlil qiling!Keyin yaxshi adabiyotchiga ko'rsatib undan maslahat oling!


2.Doim rep aytib turing!

Mashq qilib turing! Boshqa repperni replarini bo'lsada minusovkalarini topib unga tushishga harakat qiling! Rep uchun shaxsiy kundalik daftarcha sotib oling va hardoim o'ziz bilan olib yuring, axir ilhom qachon jo'sh urishini bilmaysizku!Masalan menda ham shaxsiy yon daftarcham bor unga bazi bazida Antiqa Net dagi tanishlarim yoki Do'stlarimga atab yoki Sevgilim N******ga atab sherlar yozaman.Xattoki mashxur repper Timatida ham hozirgacha shaxsiy yon daftarchasi bor va u hamisha va harjoyda o'zi bilan olib yuradi!


3.Har-xil va har-xolatda!

Siz kuylayotgan paytingizda so'zlarni aniq va ravon talaffuz qilishga odatlaning! Sizni tinglayotgan odam siz nima deyotganingizni aniq eshitsin va tushinsin! Men shaxsiy studiomda bo'lganimda ko'p yosh ijodkorlar keladi va repimni eshtib ko'ring qani xatosi bo'lsa ayting deydi.Men esa xolisona rozi bo'laman u repni kuylayboshladi boshida hammasi yaxshi edi ammo musiqa ritmi va tempi tezlashganda so'zlarini tushinmay qoldim va to'xta! shoshma! bas! deb yubordim u esa repim yoqmadi deb o'yladi!!!

Yo'q aslida so'zlada xatolik yo'q talaffuzda xato bor bunga sabab esa musiqa xato tanlanganligidir!


4.Tabiiy bo'ling.

Hardoim tabiiy bo'ling! Bu tushinchani avvalgi maqolada qo'shimcha qilgan edim!Siz rep aytyabsiz demak bu Siz boshqalarga o'zingizni boringizcha namoyon qiling! Ovozni yo'g'on qilish hechqachon yaramaydi.O'zingizni bo'sh qo'ying bemalol siz erkinsiz hayajonni butkul quving!

Men ham birinchi marotiba studioga borganimda hajon bo'lgan.Do'stlarim hayron Sardor nega jimib qolding???(Unda hali o'zimga nick yani taxallus ham tanlamagan edim)

Ollohga ming shukur keyinchalik o'zimni tiklab oldim Shaxsiy studio ochdim o'zim o'zimga ustozlik qildim :) bazi bazida hayajon degan narsa umuman yo'q bo'lib ketadi Faqat tabiiy bo'lish kerak kishi!


5.O'zingizni Fristaylda sinab ko'ring (erkin uslub)!

Allen Ginzbergning bir so'zi bor "Birinchi fikr - eng zo'r fikr"!!! O'zingiz o'ylab miyangizda kechyotgan sheriy satrlarni aytishni boshlang! Agar uddalasangiz o'zingizga o'zingiz qoil qolasiz.Qani boshlang!!! Misol:

Esimda meni birinchi treklarim

Ulardan xatto o'zim qoniqmagandim

Mana endi daryo kabi qofiyalarim

Lol qolmoqda kundan kunga do'stlarim


6.O'z shaxsiy trackingizni tayyorlang!

To'g'ri bu siz uchun hali qiyinlik qilar ammo urinib ko'ring! Siz shaxsiy kompyuteringizda FL studio orqali musiqa yasashaga urinib ko'ring boshida juda qiynalasiz bir necha kun yoki hafta balki oy ammo o'zingizni shaxsiy va xususiy musiqangiz vujudga keladi!

Mening bir ukam bor tug'ishgan ukam emas ammo undan ham yaqin ismi Abduraqib 2000-yil nicki Majnun u FL studioda ikki oydan buyon ishlab kelmoqda ammo qoil qolish kerak Mening tracklarim uchun 5 ta musiqa bastalab berdi.Siz ham urinib ko'ring qiziqishingiz bo'lsa albatta uddalaysiz!!!


Endi esa qolgan boshqichlarni bosib o'tishingizga to'g'ri keladi!

1.Do'stlaringiz bilan birgalikda duet ayting!


2.Chiqish qiling! Biror konsertga mehmon ijodkor sifatida boring!Keyinchalik kansert tashkillashtiring!


3.Ijodingizni yanada takomillashtiring!

Tinimsiz ijodda bo'ling! Repni tanlagan ekansiz uni rivojlantiring yangidan yangi treklar chiqaring! Hechqachon to'xtab qolmang!!!


4.Qoshiqlaringizni Internet saytlarga yoying!

Qoshiqlaringiz O'zbekiston , Tojikiston , Qirg'iziston , Qozog'izston va Turkiya kabi davlatlarda yoyilishini xoxlaysizmi?

Unda biz sizga yordam beramiz! Qo'shiqlaringizni o'zimizni saytda yani Antiqa.net da primyera qilamiz qarabsizki yuqoridagi davlatlardan kirayotgan foydalanuvchilar sizni qo'shiqlaringizdan bahramand bo'lishadi!

Saytga musiqa joylash mutlaqo BEPUL! Musiqa joylash uchun +992929547656 yoki @professor_s ga murojat qilasiz!


Etiboringiz uchun rahmat siz bilan Professor S bo'ldi !!!

Antiqa.net uchun maxsus!!!

 

Maqolani ko'chirishda manba ko'rsatilsin!!! Antiqa.Net

Xujjat mualliflik huquqiga ega!

Категория: Rep aytishni o'rganish | Добавил: SONE (16 Авг 2016)
Просмотров: 8449 | Рейтинг: 1.6/10