MOBIL VERSIA
Главная » Статьи » Voqealar rivoji » SEVGI IZTIROBI • KARA SEVDA

Emir rolini ijro etayotgan Kaan Urganjioglu haqida
Sevgi iztirobi: Kaan Urganjioglu hayoti va ijodi
Butun jahonga “Sevgi iztirobi”(Kara Sevda) seriali orqali tanilgan, turk aktyori, fotomodel Kaan Urganjioglu 1981-yil, 8 may kuni Turkiyaning Izmir shahrida o’ziga to’q oilada dunyoga kelgan.
Usha shaharning xususiy o’rta maktabini bitirdi. Bundan keyin oilasi bilan AQShga ko’chib ketadilar.
Amerikada Kaan Urganjioglu kollejni tamomlaydi. 19 yoshga to’lganda Vataniga qaytib keladi va Turkiyadagi Marmara universitetiga o’qishga kiradi.
O’qish bilan birgalikda o’z yoqimli tashqi ko’rinishi bilan erkaklar jurnali uchun suratga tushishni boshlagan.
Kaanning fotosuratlarini All InStyle nashrlarida uchratishimiz mumkin.
Uning hushbichim tashqi ko’rinishiga birinchi bor Abdulla O’guz ismli prodyusser o’z e’tibor qaratadi.
Kaan birinchi bor “Karaoglan” filmida bosh qahramon rolini ijro etadi.
Aktyorlik mahoratini yanada mustahkamlash uchun Kaan Urganjioglu vaqtinchalik Nyu-Yorkka qaytadi va u yerda “Stella Adler Academy of Acting & Theatre” teatr studiyasining talabasiga aylanadi.
2006-yilda Kaan “Ilk Ask” filmida epizodik rolni qo’lga kiritadi. Bu filmni Turkiyada bor yo’gi 267 ming kishi tomosha qilgan.
Aktyorlik sohasi bo’yicha ta’lim olgandan keyin Kaan turli xil janlarda tasvirga olingan film va seriallarda suratga tushdi.
2010-yilda Kaan Urganjioglu ijrosidagi «Между двумя последовательными» nomli oilaviy melodrama ekran yuzini ko’radi.
2013-yilda suratga olinga “A.S.K” seriali aktyorning ijodiya hayotida keskin burilish yasadi. Bu serialda u mafiyadan yashirinib yurgan Djan Vural rolini ijro etadi.
2014-yil ekranlarda Kaan ijrosida yana bir serial namoyish etildi. Kaan Urganjiogluning ijodida 30ga yaqin filmlar mavjud.
Kaan Urganjiogluning shaxsiy hayoti o’tli muhabbatlarga boy bo’lgan. Aktyor uzoq vaqt yuksak jamiyat vakilidan bo’lgan Derin Mermersi bilan uchrashib yuradi.
Ammo 2013-yilda Kaanning yuragi bo’shligi ayon bo’ldi. Tez orada yosh aktyor fotograflik kasbi bilan shug’ullanuvchi Zeyneb Oymak bilan tanishib qoladi.
Bu kamtar qiz Kaan Urganjiogluni o’z yonida saqlab qola oldi va 2016-yilda ular unashtirilganlarini e’lon qildilar.
Ushbu juftlikning rasmlarini aktyorning Instagramdagi sahifasida uchratish mumkin.​​​​​​​
2015-yilda Kaan Urganjiogluga Hilal Saral rejissyorligidagi “Sevgi iztirobi”(Kara sevda) serialida suratga tushish taklifi tushadi.
Ushbu serialda Kaanga Emir roli nasib etadi. Kaan shu qadar rolga kirishib ijro etdiki, aktyorning reytingi yanada yuqoriga ko’tarildi.
Категория: SEVGI IZTIROBI • KARA SEVDA | Добавил: sardor (20 Окт 2017)
Просмотров: 683 | Теги: Urganjioglu, Kaan, etayotgan, ijro, Emir, rolini, haqida | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0