Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Birinchi Maktub
QIZ : "" Salom... Esizdami, ilk marta uchrashganimiz?
Bahor kunlarining biri edi. Qölimdagi kitobni
varaqlab ketarkanman, hayol bilan sizga urilib
ketdim. Nigohlarimiz töqnashdi. Bir lahzaga
yuragim jizillab ketdi. Közlariz xuddi nimanidir
aytmoqchidek mungli edi. Biroz jim qoldik. Uzr
söradiz. "Hechqisi yöq" dedim. Keyin öz
yöllarimizdan ketdik. Ösha lahzada men hali
yana köp marta yöllarimiz kesishini bilmasdim...
Bir kun
uchrashib qolganimizda ilk marta jilmayganizni
kördim. Kulish yarasharkan sizga.
Yashirmayman, yuragim g'alati urardi sizni
körganimda.
Sizni köp öylaydigan bölib qoldim. Sizni kutib
yashashga odatlandim. Har safar atrofdan teran
nigohlaringizni qidirardim. Siz qayerdadir meni
kuzatib turgan bölardiz. Örtamizda g'alati rishta
uyg'ongandek tuyulardi. Faqat, nega menga
umuman gapirmasligizga tushunmasdim. Sizni
yaxshi körib borardim. Kutdim...
Ösha kuni yonimga kelib, kuzatib qöyishni taklif
qilganizda dunyoda mendan baxtli odam yöq edi.
Beixtiyor rozi böldim. Birga ketarkanmiz,
yuragimning urishini eshtib qolishizdan
qörqardim. Oxiri meni yoqtirishizni aytdiz. Javob
bermadim... Nima ham derdim, "men ham"
deyolmaymanku. Yuzlarim lovullab yonardi.
Yuragim jizillab hayajonlanardim. Shartta burilib
ketib qoldim... Keyingi kunlar xuddi ertakdagidek
ötardi. Men sevib qolgandim. Har kuni soatlab
vaqtimizni birga ötkazardik. Meni quchib
qulog'imga har
safar bir gapni aytardiz: "Hayotimning har bir
lahzasi sen borliging uchun chiroyli ötyapti. Shu
bir lahza uchun senga rahmat!" Bilmasdizda,
men bir lahza emas, butun umrimni sizga
bag'ishlashga tayyor edim. Baxtdan mast bölib,
yolg'onlarizni sezmay qolibman... Yarim yil
shunday ötdi. Hayotimning eng
baxtli yarim yili... Keyin siz borgan sari
uchrashuvlarga kam keladigan bölib qoldiz.
Oxirgi kun
keldizda, közlarimga tikildiz. Meni uzoq
bag'rizga bosib, quloqlarimga "seni ölgudek
sevaman" deb shivirladiz. Sönggi kun ham
aldadiz. Rahmiz ham kelmadi. Sizni boshqa
qaytib körmadim. Menga xat keltirib berishdi.
Meni unut, deb yozibsiz. Atiga ikki söz... Siz
bilan ötgan shuncha vaqtim, sevgim haqqi atiga
ikki söz bölibdi.
Töyib-töyib yig'ladim. Qadrim uchun, sevgim
uchun, xotiralarim haqqi... Sizdan nafratlandim.
Hech bölmasa sababini aytmadiz. Qalbimni,
sevgimni öyin qildiz. Taqdirimiz boshqa, seni
sevmayman desaiz tushunardimku. Nega meni
bunday jazoladiz. Sizni sevib, gunoh
qildimmikan? Vijdoniz qiynalmaydimi? Sevgiz
xuddi bahor kabi dunyoimni gullarga töldiradi
degandim. Lekin
öshanda bahorning-da ötkinchi ekanligini
hayolimga ham
keltirmagan ekanman.
Bugun bir oy bölibdi, shu bir oy menga shuni
örgatdi: Sizdan nafratlanaman! ""
Ikkinchi maktub, yigit:
""Hayotimning köp tonglari yodimda qolmagan.
Ammo bittasini sira unutolmayman. Ösha tongda
uyg'ondim. Boshim yorilay derdi. Arang vannaga
kirib
yuzimni yuvdim. Oynaga qaradim. Burnimdan
qon oqardi. Yiqildim, özimga kelganimda
vannada yotardim. Menga nimadir
bölgandi. Analiz topshirdim. Keyin
javobi chiqdi... Yöq, albatta ölishni
istamasdim... Qaniydi dunyo biz istagandek
bölganida... Bahor kunlarining birida köchda bu
bahor men uchun sönggisi ekanligi, hali sevishga
ham ulgurmaganligim haqida öylab borardim.
Keyin unga urilib ketdim. Farishta bölsa kerak u.
Qiziq, men esa bölajak murda edim. Juda azobli
bölarkan bu haqda öylash. Keyin uni yana
uchratdim.
Negadir uni sog'inaverardim, körgim kelaverardi.
Uni körganimda ajal haqida unutardim. Balki,
xudoyim uni atay sevib qolishim uchun
uchratgandir. Nega deysizmi? Qaydam.. Bu men
ishonadigan chiroyli bir hayolot edi. U judayam
gözal... Uni kuzatib yurdim, sevib qolgandim.
Lekin sevgi tirik insonlar uchun. Bizga kim
qöyibdi... U ham menga bog'lanib qolishini
istamasdim.
Lekin, baribir irodam yetmadi. Men ölimim
yaqinligi haqida unutdim. Bir lahza bölsada, u
bilan hayotimni chiroyli ötkazishni istadim. Ha,
bir lahzagina... Keyin mayli ölaveraman...
Vaqt oz qoldi. Ölayotganimni u hech qachon
bilmasligi kerak, hech qachon... U bilan yarim yil
yarim daqiqadek ötib ketdi. U bilan ötgan har bir
lahza uchun Allohga ming shukr. Faqat, endi
töxtatish kerak. Axir u farishta, men esa bölajak
murda..
Daqiqalar ayovsiz tez ötyapti. Fursatim tugab
boryapti. U esa
meni sevib qoldi. Afsuski.. "Seni
ölgudek sevaman, farishtam"
Salom qizim... Seni kimligingni bilmayman. Men
uni onasiman. Maktubingni ög'lim öqishga
ulgurmadi. Haqiqatni bilishingni istadim. Sönggi
kunlarida kundaligiga yozganlarining bir
varag'ini senga yubordim. Qolgan varaqlariga
faqat ikki jumla qayta-qayta yozilgan: "Meni
unut!" Uni kechir qizim, iltimos, undan
nafratlanma. Ög'lim ulgurmadi...""
Категория: Sevgi olami | Добавил: Isroil (24 Дек 2018)
Просмотров: 1160 | Теги: Maktub, Birinchi | Рейтинг: 0.0/0