Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Fojiaga aylangan sevgi
O’qish endigina boshlangan payt, har bir
o’quvchi 3 oy davomida mazza qilib damolib,
o’qish tomon intilgan mahal. Biz ham qolgan
o’quvchilar kabi o’qishga shoshilvotgan edik.
O’qish ham boshlanib ketti. Bizning o’qishga
bizdan kichkina kursdagi o’quvchilar
yeg’ilvotgani, ular ichida go’zal qizlar borligi
hammamizni quvontirardi. Chunki ko’pchiligimiz
deyarli hamma do’stlarim qizlar bilan muhabbat
ko’chasiga kirmagan edik. To’gri hayot faqat
qizlar bilan muhabbatdan iborat emas ammo bu
savdo hammaning boshida bor. Sentabr oyida
hamma bir birini ko’zlari bilan kuzatgan, bir biri
bilan tanishmoqchi bo’lib yurgan, qanday qilib
tanishishni bilolmayotgandi. Lekin muhabbat
ko’chasiga kirib qolaman deb hech ham
o’ylamagan do’stim o’zi bilmagan xolda bu
ko’chaga kirib qoldi. Bu voqea quyidagicha yuz
berdi: O’qish paytida bo’lib o’tadigan tadbirlar
o’quvchilar yordamida amalga oshirilar edi.
Sentabr oyi tugab borvotgan, 1-oktabr ya’ni
mehribon o’qituvchilar kuni yaqinlashayotgan
edi. Shu bois o’qishimizdagi o’quvchilar yeg’ilib
o’qituvchilar bilan tadbirga birgalikda
tayyorgarlik ko’rishmoqda edi. Buni qarangki
taqdiri azal deb bekorga aytishmas ekan,
taqdirdan qochib bo’lmasligi aniq ekan. Bu
tadbirda do’stim men va do’stimning o’sha o’zi
bilmagan maftunkor, o’jar, o’z bilganidan
qolmaydigan muhabbati qatnashayotgan edik.
Do’stim ham o’ziga yarasha qaysar, u ham o’z
bilganidan qolmaydigan, yigit kishini ko’rki-
kamtar va g’ururli edi. Aqilga sig’maydi bu ikki
inson ham bir xil xarakterga ega. Ikkalovi o’jar
bo’lganligigami, bularning sevgisi
boshqalanikidan ajralib turardi. Psixologlarning
fikricha agar ikki sevishgan inson turli xil
xarakterga ega bo’lsagina ular uzoq va baxtli
yashashar ekan. Chunki yigitning kamchiligini
qiz, qizning kamchiligini yigit to’ldfirar emish.
Haqiqatdan ham shunday. Lekin bu ikki
sevishgan bir xil xarakterga ega bo’lsa xam
ulardan baxtliroq inson yo’q edi. Keling endi
o’sha ularni birlashtirgan tadbirga qaytsak.
Tadbir paytida ular bir birlariga ko’p martta
qarashar, qiz uyalganidan ko’zini ob qochar,
do’stim esa bunga befarq edi. Tadbir tugagach
bir qo’ng’iroq tufayli do’stim bilan o’sha qiz
do’stlashib ketishdi. Buni qarangki men telefon
topolmay o’sha qizning telefonidan do’stimga
qo’ng’iroq qilgan edim, azgina vaqt o’tgach u
ham meni qidirib aynan shu raqamga meni
so’rab telefon qilib o’sha qiz bilan tanishib
ketgan ekan. Ularning do’stlashishiga qaysidir
ma’noda men sababchi bo’ldim. Agar men
bo’lmaganimda balkim bular gaplashmasmidi?
Bilmadim! Oktabr oyi boshlandi. O’qish davom
etayotgan edi. O’sha qizning ismi Diyora,
do’stimning ismi esa Kamronbek edi. Kamronbek
bilan Diyora telefon orqali aloqa qilib bir
birlarining xolidan xabar olib turishardi. Kun
sayin ularning do’stligi kuchayib borardi. Qiz
bilan yigitning o’rtasida hech qanaqa do’stlik
bo’lishi mumkun emas deganlari haqiqat ekan.
Chunki ularning do’stligi ham uzoqqa
cho’zilmadi. Kamronbek do’stim juda ham
qizg’anchiq, rashqchi bo’lganligi sabablimi u
ortiq kuta olmadi. Balkim shu ularning
do’stligiga nuqta qo’yib yangi tuyg’u ya’ni
muhabbatni shu ikki insonning qalbida paydo
bo’lishiga sababchi bo’lgandir. Do’stim menga
nima bo’lsa bo’ldi Diyora mening sevgimni rad
etmaydi, chunki uni o’zi ham meni juda qattiq
yahshiko’radi, nima qiliy deb maslahat so’radi.
Men esa qalbinga, yuraginga quloq sol ana
o’shatdangina o’zinga kerakli javobni topasan
deb javob berdim. U huddi men aytganimdek
qildi, qalbiga quloq solib Diyoraga uni jonidanam
ortiq ko’rishini aytdi, Diyora esa ancha
vaqtgacham o’ylanib turdi, ozgina javob
qaytarishga uyaldi, boshqa bunday imkoniyat
bo’lmasligini tushunib yetib u ham unga aynan
shunday javob qaytardi. Ulardan baxtliroq inson
yo’q edi. Do’stimning baxtini ko’rish men uchun
ham BAXT edi. Uni xursand bo’lib yurishida
ortiqroq narsa menga kerak emasdi. Ularning
ko’ziga bir-biridan boshqa hech kim ko’rinmasdi.
Go’yo bu dunyoda ulardan boshqa inson yo’qde.
Mana shu narsa meni azgina xavotrga solib
turardi. Chunki bu darajada bir biriga bog’lanib
qolish yahshilikga olib kelmasligini men juda
yahshi bilardim. Do’stimga shuni ko’p martta
tushuntirishga xarakat qilardim lekin u meni
eshitmas, hop deb bilganidan qaytmas edi. Bejiz
xayot bir tekislikdan iborat emas deb aytishmas
ekan. Oldinda taqdir ularga qo’ygan sinovi bor
edi. Men qo’rqqan narsa yuz berdi. Buni eslash
men uchun og’ir. O’sha kunni hamon yodimda.
24-may. Men Kamronbek bilan magazinga
Diyoraga sovg’a olgani borgan kun. Bu kuni
ularning sevgisiga 7 oy bo’lgandi. Diyoraga
sovg’a olib qaytdik, keyin u Diyora bilan
uchrashishga men esa uyimga keldim. Hammasi
yahshi ketayotgan payt. Soat kechgi 8 laga yaqin
Kamronbek meni uyimga keldi. Boshida biroz
hayron bo’ldim chunki avvallari do’stim ishdan
chiqib bizning uyga kelmasdi. Rangida rang
qolmagandi, yuzlari qizarib ketgan, qo’llari
shilingan, ko’z atrofi ishgan, eng dahshatligi
hammayog’I qon bo’lgandi. Judayam qo’rqib
kettim. Nima bo’ldi? Kim sani bu axvolga soldi
deb so’radim, u esa endi nima qilaman
diyishdan nariga o’tmasdi. Uni axvoli meni
havotrga solib qo’ydi. Hayolimdan xar xil fikrlar
o’tardi. Yomon niyat qilishdan o’zimni tiyib
undan yana nima bo’lgani so’radim, u yana
o’sha javob endi nima qilaman deyishdan
uyog’iga o’tmasdi. Uchinchi martta so’raganimda
u Diyorani uyidigilari men haqimda bilib
qolishibdi, akasi menga qo’ng’iroq qilib do’q
qildi, men esa Diyorani o’ylab akasiga hech
narsa demadim didi. Keyinchi keyin nima bo’ldi
desam akasi ishlayotgan joyimga kelib meni
haqoratlab ketdi, Diyora bilan bir birimizni juda
ham qattiq sevishimizni tushuntirmoqchi bo’ldim
ammo u jaxl ustida meni urdi. Men esa
indamadim, vaziyat yomonlashar uning g’azabi
tobora oshib borar edi. Hammasiga chidadimu
oilamni haqorat qilib so’kinganiga chiday
olmadim. Ayniqsa bunga yigitlik g’ururim yo’l
qo’ymas edi va men ham uni urishga majbur
bo’ldim. O’sha damda ko’zimga hech narsa
ko’rinmadi, aqlimni yoqotgan edim. Qo’limga
tushgan bor narsa bilan urdim, oxiri qo’limga
pichoq tushib qoldi deb jim bo’lib qoldi. Men
Kamron do’stim san aqlli bolasanku, pichoqni
joyiga qo’yib qo’ydin to’rimi desam yo’q
pichoqni olib 3-4martta o’zib bilmagan xolda
tiqib yubordim dedi, Akasiga nima bo’ldi deb
so’rasam tirik kasalxonada yotibdi, unga men
pichoqni tiqganimni hamma bilibdi, militsiya
xodimlari meni qidirib yurishibdi didi. Qayerga
borishimni bilmyamman, menga yordam ber
iltimos deb yalinardi. Uyga kirib ota- onamga
Kamron bilan nima bo’lganini yahshilab
tushuntirdim, do’stimning bizani uyda turib
turishi uchun ota-onamdan ruxsat so’radim.Ular
Kamronbekni yomon bola emasligini bilishardi
shuning uchun ham uyimizada turishiga ruxsat
berishdi. Kamronni xamma qidirayotgan edi.
Uning uyidagilariga Kamronbek axvol
yaxshilanishiga qadar bizani uyimizada turib
turishini aytdim. Ota-onasi Kamron do’stim
yoshligida avto xalokat tufayli vafot etishgandi.
Do’stim yoshligidan buvisi bilan birga turardi.
Buvisi meni umringdan baraka top bolam, sen
bo’lmaganingda nima qilardik deb yeg’lab duo
qilardilar. Men esa buvijon siqilmang bu kunlar
ham o’tib ketar deb ovutishga xarakat qilardim.
Azginadan so’ng odamlar, o’quvchilar orasida
xar xil gaplar tarqala boshladi, kimdir Kamronni
bo’lib o’tgan voqeadan so’ng boshqa yerga
qochib ketgan desa qolganlari uni o’ldiga
chiqarishdi. Diyorani esa o’sha ‘osha ko’rmadim.
Uni boshqa o’qishga olib o’tishibdi deb eshitdim.
Kamron bizanikidaligiga deyarli 10 kun bo’ldi.
Diyora yashaydigan mahallaga ko’p martta
do’stim bilan birga bordik lekin Diyorani
topaolmadik. Do’stimning axvoli kundan kunga
og’irlashib borardi. Uni xaliyam xamma
qidirayotgan edi. Avvallari Diyorani 1 kun
ko’rmasa turolmasdi. Shu darajada axvol
og’irlashib bordi. Kunlar xam juda tez o’ta
boshladi. Xuddi yosh bolalar singari bir birini
quylab yurardi. Kunlar tez o’tishga o’tardiku
lekin Diyoradan xaligacham xabar yo’q edi.
Do’stim bilan har kuni suhbatashib o’tirardik.
Diyorani sog’ingani uning ko’zidan bilinib turardi.
Unga faqat sabr qilish kerakligini
tushuntirardim. Ko’z ochib yumguncha 1 oy o’tib
ketti. 24-iyun. Ularning sevgisiga 8 oy
bo’lganida Kamronga Diyoraning o’qishdagi eng
yaqin do’stlaridan biri qo’ng’iroq qilib Diyora
kasalxonadaligini etdi. Eshitishimcha qandaydir
dorilarni ichib yuboribdi, oshqazonini yuvishga
kasalxonaga olib kelishibdi. Kamron men uyda
yo’qligimda yugurib chiqib ketibdi. Kelib uni
hechqayerdan topa olmadim. U kasalxonaga
ketganini aniqlab kasalxonaga yugurdim.
Kasalxona yaqinida odamlar to’planib turganiga
ko’zim tushdi. Borib yaqinroq qarasam yerda bir
inson qonga belanib yotardi. Yaqinroq borsam
o’sha inson mening yaqin do’stim KAMRONBEK
ekan. Shoshib yo’ldan o’tayotgan mahal bir yuk
mashinasi behos urib yuboribdi. Do’stimni
quchoqlab yeg’lay boshladim. Kamronning
o’lganiga hech ham ishongam kelmasdi. O’lim
haq, Ollohning irodasi. Bo’lib o’tgan voqeadan
so’ng Diyorani topishga xarakat qildim, lekin
urinishlarim befoyda edi, chunki u qattiq nazorat
ostida edi. Yaqin dugonasini topib unga bo’lib
o’tgan voqeani so’zlab berdim. Diyoraning
dugonasidan bo’lib o’tgan voqeani Diyoraga
yetkazib qo’yishini iltimos qildim. 2 kun o’tar
o’tmas Diyora ham vafot etganini eshitdim.
Kamronning vafot etganini u ko’tara olmay o’z
joniga qasd qilibdi. Bu menga juda qattiq ta’sir
qildi. Chunki men ham Diyorani jonimdan
ortiqroq ko’rardim. Uni sevishimni unga
bildirmagan edim chunki uning ko’ngli do’stimda
edi. UNdan ham achinarlisi shundaki u mening
aybim bilan bu dunyodan erta ko’z yumdi.
Diyoraga bo’lgan sevgim u bilan birga tuproqqa
ko’milib ketti. 1 vaqtning o’zida ikki suygan
insonimdan ayrildim.Ularning vafotiga qariyib
ikki yarim yildan oshdi . Agar ular tirik
bo’lishganida hozir birga bo’lar edik, chunki
bugun ularning sevgisi 3 yoshga to’ldi.
Do’stimning o’sha paytdagi xursandchiligi hech
ham ko’z oldimdan ketmaydi. . .
Aytishlaricha agar ikki inson bir birini juda qattiq
yahshiko’rsayu lekin bu foniy dunyoda birga
bo’lmasa, boqiy dunyoda albatta billa bo’lishar
emish. Ollohdan Kamronbek bilan Diyorani boqiy
dunyoda birga bo’lishlarini so’rab qolaman. .
Категория: Sevgi olami | Добавил: Isroil (24 Дек 2018)
Просмотров: 983 | Теги: Sevgi, Fojiaga, aylangan | Рейтинг: 0.0/0