Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Og'ir dardni yenggan muhabbat...
Ko’ngliga yoqadigan ko’ylak qidirib, Nafisa bir
necha marta bozor aylandi. U har gal lov lov
yonib, ko’zlarini qamashtirgan moviy ko’ylak
yonida to’xtayverardi. Libosga mahliyo bo’lib
qolgan qizni ko’rgan sotuvchi qo’yarda-qo’ymay,
uni ko’ylakni kiyishga undadi. Xuddi ataylab u
uchun tikilganday, libos qizning chiroyini yanada
ochdi. Nafisa ko’ylakni jon deb olgisi kelar,
lekin, uning bahosi maqul kelmayotgandi.
Sotuvchidan narxini tushirishni iltimos qildi,
ammo buning iloji bo’lmadi. Olay desa puli
kamroq, ammo ko’ngliga shundan boshqasi
o’tirmayapti.

- Keling yetmaganiga men qo’shib yuboraman.
Qiz notanish kishinig ovozidan cho’chib, orqasiga
tisarildi. Ortida bir begona yigit jilmayib turardi.
Qiz xayron bo’lib u yoq-bu yog’iga qaradi.
O’zidan boshqa xech kimni ko’rmagach, "Menga
gapiryapsizmi?” deya yigitdan so’radi.
- Ha, sizga aytyapman. Bu ko’ylak sizga juda
yarasharkan.

Yigit samimiy jilmaydi. Biroq uning bu iltifoti,
Nafisaga yoqmadi. Duch kelganga gap otadigan
yigitga o’xshab ko’rindi.
- Kimsiz o’zi, menga yordam berasiz? Sizni
tanimayman. Ko’ylak xecham yoqqani yo’q. Uni
olmoqchi emasman.
Nafisa jaxli chiqqanidan xo’mrayib, ildam yurib
ketdi.

- Nimaga hafa bo’lasiz? Ko’ylak yoqqanini
bilaman. Sizga xolis yordam bermoqchi edim –
dedi Nafisaning izidan yugirib kelgan xaligi yigit.
- Meni duch kelganga ko’ylak oldiradigan qiz deb
o’yladingizmi?

- Yo’q, unaqa o’ylamadim. Aqlli qizligingiz
ko’rinib turibdi. Sizga yordam bermoqchi
bo’lsam, buning nimasi yomon?
Qiz indamay shaxdam qadam qadam tashlashda
davom etdi. Yigit sezdirmasdan uning orqasidan
ergashib keldi. Nafisa uyiga yugurib kirib
ketgachgina, yigit ortiga qaytdi.

Shu kecha Nafisaning ko’ziga uyqu ilinmadi.
Xayolidan notanish yigitning kulimsiragan
chexrasi ketmasdi. Garchi o’sha paytda unga
xo’mrayib, qo’pol gapirgan bo’lsa-da, ammo
yana ko’rgisi kelayotgandi. Endi uning bir lahza
uchrashgan quvnoq nigohlari qizning oromini
o’g’rlagandi.

Ertasiga Nafisaning darslari ko’payib, universitet
binosidan chiqqanida qosh qorayib qolgandi.
Uzun yo’lakdan erinibgina qadam tashlarkan,
qarshisida tanish yigit to’xtadi. Bu kutilmaganda
sodir bo’lganidan qiz shoshib qoldi, biroq
gullarni ko’rib, yuziga tabassum yugurdi.
- salom, Nafisa, yaxshimisiz?.. – dedi yigit
hayajonlanib.

Nafisa uni ko’rib sevinib ketti-yu, lekin buni
sezdirmadi. Yana jiddiy qiyofaga kirdi:
- Sizmisiz? Meni shu yergacha izlab
keldingizmi?

Yigit Nafisaning pisanda gaplariga e’tibor
bermay, xazilga o’tdi:
- Izlab-izlab Makkani topishganida, sizni toppish
nima bo’libdi?
Endi Nafisa o’zini bosib turolmadi. Shaqillab
kulib yubordi:
- Juda g’alati ekansiz-ku, men bu gaplaringizni
nima deb tushunay?

- Meni ahmoq deb o’ylayapsizmi?
Noo’rin gapirib qo’yganini bilib, Nafisaning
yuzlari qizardi:
- Men unday demadim, shunchaki,
institutimgacha kelganingizga…
- Yaxshiyam kelibman, bo’lmasa, qorong’ida bir
o’zingiz qanday ketardingiz?..
Yigitning xazilidan ikkisi ham berilib kulishdi.
- Qo’riqchilarim ko’payaversa, har kuni kech
chiqishga o’rganib qolaman.
- Unda o’qishni tashlab qo’riqchilikka ishga
kirarkanman-da…

Ular xazil-xuzul bilan manzilga yetib
kelishganini sezmay qolishdi.
- Kuzatib qo’yganingiz uchun sizga raxmat, -
deya muloyim jilmaydi qiz.
- Akrom, otim Akrom.
- Qarang-a, shuncha gaplashibman-u, ismingizni
so’ramabman.

- Hechqisi yo’q, mayli, yaxshi dam oling. Ha
aytgancha, - deya darvozadan kirib ketayotgan
qizni to’xtatdi Akrom. – Sizdan bir narsani
so’ramoqchi edim. Ertagayam oldingizga borsam
maylimi? Faqat yo’q demang…
Nafisa uyalinqirab yerga qaradi va xech narsa
demay, darvozani yopdi.
Akrom uning chexrasidan rozilik alomatini
anglab, quvondi. Nafisa bo’lsa, uyga kirgach:
"Ishqilib roziligimmi tushungan bo’lsin-da”, deya
xayolidan o’tkazdi.

Shu zaylda kunlar bir-birini quvlab o’tar, Akrom
xar kuni Nafisani universitet darvozasi yonida
kutib turardi. Agar yigit kechikkuday bo’lsa ham,
qiz doim uchrashadigan joylaridan ketmasdi.
Akrom kelganidan so’ng, soxta araz, pichinglar…
Lekin ular bor yo’g’i bir necha daqiqagina davom
etardi.

Bugun Nafisaning tug’ilgan kuni. Yo’lak boshida
Akrom uni kutib turardi. Qizning ko’ngli o’zi ham
tushunmaydigan allaqanday tuyg’ularga limmo-
lim. Salomlashgach, Akrom uning qo’liga bir
dasta gul va yaltiroq qog’ozga o’ralgan quticha
tutqazdi.

- Tug’ilgan kuningiz bilan, Nafisa. Doim kulib
yuring. Sizni yaxshi ko’raman.
Akromdan bu gaplarni eshitib, qizning yuzlari
lovullab ketdi va uyalib yerga qaradi:

- Men ham…
Nafisa Akromni uyiga – kechqurungi bazmga
taklif qilishga ota-onasidan istihola qildi.
Shuning uchun universitetdayoq xayrlashishdi.
Uyiga keliboq, u yigitning sovg’asini ochib
ko’rdi. Ne ko’z bilan ko’rsinki, qutining ichida
Nafisaning xavasini keltirgan ko’ylak turardi. Qiz
ich-ichidan quvonar, ammo atrofdagilarga
sezdirmaslik uchun kulmasdi. Bu uning
hayotidagi eng yaxshi tug’ilgan kuni edi.
Ertasiga Nafisa minnatdorchilik bildirish uchun
Akromni kutdi. Lekin yigitdan darak bo’lmadi.
"Ishi chiqib qolgandir-da”, deb hayol qilib, uyiga
qaytdi. Ammo undan keyingi kunlari ham
shunday bo’ldi. Nafisa ko’zlariga yosh olib,
kechgacha darvoza yonida turardi. Oradan o’n
kun o’tsa hamki, Akrom kelmadi. Qiz nega
birdan bunday bo’lganiga tushunmas, uni
javobsiz savollar qiynardi. Yigit uni aldagani
aniq. Nafisa o’zini shunga ishontirishga urinib,
Akromdan nafratlanishga harakat qilardi. Biroq
uning shirin gaplari qulog’idan, samimiy nigohi
esa ko’z oldidan ketmasdi. Bu orada qizga
sovchilar kela boshladi. Ammo, Nafisaning
ko’ngli Akromdan boshqasini demasdi. Oxiri
uning o’zi yigitni qidirib topishga qaror qildi.
Avval u o’qiydigan universitetga bordi. U yerdan
tayinli gap ololmagach, ishxonasiga bordi.
Hamkasblari bir oydan buyon ishga
chiqmayotgani, og’ir kasalligini aytishdi.
Akromning manzilini aniqlagach, to’g’ri unikiga
ketdi. Yo’l bo’yi uning miyasida turli o’ylar
g’ijg’on o’ynardi: "Akrom kasal bo’lsa, nega
menga bir og’iz aytmadi?..”

Akromlarning darvozasini yoshi kattaroq ayol
ochdi. Onasi bo’lsa kerak, deb o’ylab, Nafisa u
bilan quyuq so’rashdi. Nega kelgani aytolmay,
biroz qiynaldi. Xijolat bo’lganidan so’zlay
olmayotgan qizga xaligi ayolning o’zi yordam
berdi:

- Nafisa siz bo’lasizmi, qizim?
- Ha…
- O’zim o’rgilay sizdan, o’g’lim har
alaxsiraganda, faqat sizning ismingizni aytadi.
Uyg’onganida kim deb so’rasam, indamaydi…
Ayol gapini tugatolmay, xo’ngrab yig’lab yubordi.
- Yig’lamang, Xudo shifo berib, tuzalib ketadi
o’g’lingiz.

Nafisa unga tasalli bergach, Akromning xonasiga
kirishdi. Katta xonada dori hidi anqir,
burchakdagi karavotda esa, Akrom yotardi.
Uning ko’zlari kirtayib qolgan, yonoq suyaklari
esa bo’rtib chiqqandi. U Nafisani ko’rib, o’rnidan
turmoqchi bo’ldi. Lekin uddalay olmadi. Qiz
yugurib kelib, karavot yoniga cho’kkaladi va
yig’lab yubordi.

- Nimaga indamay ketdingiz? Yo menga
ishonmaysizmi? Siz uchun hech kim
emasmanmi?

- Unday dema, Nafisa. Shunchaki, seni qiynagim
kelmadi.
- Menga aytmasangiz, battar qiynalishimni
o’ylamadingizmi?
Qiz o’kirib yig’lagisi kelar, lekin Akromning
onasi yonida bo’lgani uchun bunday qilolmasdi.
Ularni xoli qoldirib, Zumrad opa tashqariga
chiqib ketdi.

- Sizni har kuni darvoza yonida kutardim.
- Bekor qilibsan, kutmasliging kerak edi. Chunki,
endi u yerga bormayman.
Nafisa Akromning dardga tez taslim
bo’layotganini ko’rib, baland ovozda gapirib
yubordi:

- Bekor aytibsiz!.. Siz hali tuzalib ketasiz.
- Do’xtirlar tuzalishing qiyin, deyapti.
- Qiyin debti, lekin tuzalmaysan demabdi-ku.
Faqat siz taslim bo’lmasligingiz kerak. Men
o’zim yordam beraman.

Akrom mahzun gap boshladi:
- Nafisa, menga birovning rahmi kelishini
istamayman. Kim ham kasal odam bilan
yashashni xoxlaydi?..
- Siz tuzalasiz.

- Iltimos, gapimni bo’lma. Sen yaxshisi ket.
Biror yaxshi yigitga turmushga chiqib, baxtli bo’l.
Sen baxtli bo’lsang, men ham baxtliman.
- Lekin, men sizsiz baxtli bo’lolmayman. Xozir
esa qo’rqoqlik qilyapsiz. Tuzalib ketishingizga
o’zingiz ishonmayapsiz.

- Men tuzalaman, ammo bunga uzoq vaqt kerak.
Tushun, seni ota onang uzoq kutishga rozi
bo’lmaydi. Agar baxtsiz bo’lib qolsang, men
chidolmayman.

- Ularga hammasini o’zim tushuntiraman.
Ko’rasiz, ular tushunishadi…
Nafisa so’zida turdi. Ular muhabbatlari uchun
juda qattiq kurashardi. Qiz Akromning
muolajalariga doimo birga borar, yigitga har
jixatdan dalda berardi. U kelgan sovchilarning
hammasini qaytarib yubordi. Xatto, onasining
dashnomlari ham unga ta;sir qilmadi. Shuncha
urinish va Xudoga iltijolar zoye ketmadi. Sekin
asta Akrom tuzala boshladi.
Категория: Sevgi olami | Добавил: Isroil (24 Дек 2018)
Просмотров: 800 | Теги: dardni, yenggan, muhabbat..., Og'ir | Рейтинг: 0.0/0