Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Qo'ng'irog'ing kutdim intizor
Telefondan uzmayin ko'zim,
Savollarga ko'mgancha o'zim.
Jamolingni qumsab umidvor,
Qo'ng'irog'ing kutdim intizor.

Bo'lingancha o'y-u xayolim,
qorong'udir bu o'ngi-so'lim;
har fursatda chekkancha ozor,
Qo'ng'irog'ing kutdim intizor.

Daqiqa ham berar aziyat,
Hayollarim bo'linar faqat.
Xudoyberdi quchganicha tor,
Qo'ng'irog'ing kutdim intizor.

Boshqasida ko'ngling bormikan,
Yoki bilmam senga ormikan.
Qovog'imda yog'ar laylak qor,
Qo'ng'irog'ing kutdim intizor.

Qorong'u ham tushmoqda ahir,
Tilka poradir yurak bag'ir.
Hijron yuki bo'lib bir bozor,
Qo'ng'irog'ing kutdim intizor.

Muallif: Xudoyberdi To'ychiyev
Категория: Xudoyberdi To'ychiyev | Добавил: SONE (28 Июл 2019)
Просмотров: 935 | Теги: intizor, Qo'ng'irog'ing, kutdim | Рейтинг: 0.0/0