Izxorsiz Sevgi.
Qalbim uzra muhabbat deya,
qildim jonim sevgiga tortiq.
hatto sevdim majnundan ortiq,
bir bor sevgim izxor etmadim.

Havas emas faqat rost suydim,
yuragim ishq izmiga qo'ydim,
azobi-yu lazzatin tuydim,
lekin sevgim izxor etmadim.

Sevgi ko'ngil tanlar yosh emas,
oson yemoq uchun osh emas,
bayon etmoq uchun bardosh oz,
bir bor sevgim izxor etmadim.

Yengiltakni angladim nodon,
Ishq deb yondim fursatda xar on
Balki kutdim, izxorni yordan
Bir bor sevgim izxor etmadim.

Ulfat aytar yigit kabi bo'l,
yigitlikda o'ynagin-u kul,
Fosh aylagim kelmas bu ko'ngil,
bir bor sevgim izxor etmadim.

Necha sanam edi intizor,
bir so'zingga bo'lganicha zor,
Aylagancha izxorlarim xor,
bir bor sevgim izxor etmadim.

Yo'liqmadi necha firoq g'am
Bekorgamas tutgani qalam,
Xudoyberdi aytar: sira ham.
bir bor sevgim izxor etmadim...
Категория: Xudoyberdi To'ychiyev | Добавил: sardor (28 Июл 2019)
Просмотров: 50 | Теги: Sevgi., Izxorsiz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

Mobile version PDA | Copyright Design by Pro "S"
Design version 1.00


Мы в социальных сетях:


REKLAMA