Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Musofir Yigitning nolasi.
ko'zlaringiz suzmang qoshi qalamlar,
yiroq keting mendan tashvish-u g'amlar,
duo qiling omon boray yaronlar,
uyda mening ota-onam kutmoqda.
* * *
duo qiling, yetay omon bag'riga,
kulfat yog'ib, dard qo'shmayin dardiga,
borginimcha sabr bergin sabriga,
uyda mening ota-onam kutmoqda.
* * *
Egam menga ravo ko'rsang ham g'amni,
lek yig'latib qo'yma ota-onamni.
yetar shuncha musofirligim kammi?
uyda mening ota-onam kutmoqda.
* * *
bilaman ko'p, hatolarim bir dunyo,
bo'ldim go'yo, qing'ir yo'lda avliyo,
yo'llarimga bo'lganicha maxliyo;
uyda mening ota-onam kutmoqda.
* * *
Yiroq ketdim, ado etmay burchimni,
O'ylamadim, ko'rdimda o'z kunimni,
men nodonni har kun tilab umrimni
uyda mening ota-onam kutmoqda.
* * *
Qalbingda ayt zarracha bormi mexr?
Ko'zlaringni aylabdi-ku, nafs so'qir.
Xudoyberdi aqlingni yig'gin, axir
uyda mening ota-onam kutmoqda...
* * *
Muallif: Xudoyberdi To'ychiyev
Категория: Xudoyberdi To'ychiyev | Добавил: SONE (28 Июл 2019)
Просмотров: 844 | Теги: Musofir, Yigitning, nolasi. | Рейтинг: 0.0/0