Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Ikki Qalb armonlari
Bizning shirin sevgimizni shamollarga sovurishdi,
Bir mushtipar qalbimizni armonlarga qovurishdi,
Ko'kda uchgan orzular ham tosh qabrga bosh urishdi,
Ruhing isyon qildi bugun sog'indi bu telba yurak,
Menga tinchlik bermas bo'ldi ikki qalbning armonlari!
Sevgimizni tutashtirdi hazon bilan telba taqdir,
Bir so'z demas dil bechora qaltiraydi lablar dir-dir.
Yo'qligingga chidaymanda nima qilay taqdir haqdir,
Ruhing isyon qildi bugun sog'indi bu telba yurak!
Menga tinchlik bermas bo'ldi ikki qalbning armonlari!
Qadring juda bilindida qabringga gul qo'yganimda,
Tun qo'ynida ruhimda dard dunyolardan to'yganimda.
Endigina g'iybatlarning tomog'idan so'yganimda,
Ruhing isyon qildi bugun sog'indi bu telba yurak!
Menga tinchlik bermas bo'ldi ikki qalbning armonlari!
Keksa ariq devoridan yalpizlari mo'ralaydi,
Shum taqdirning chayonlari yuragimda o'rmalaydi.
Ikki quloch qabrdasan kokillaring qum yalaydi,
Ruhing isyon qildi bugun sog'indi bu telba yurak!
Menga tinchlik bermas bo'ldi ikki qalbning armonlari!
Ikki ko'zim faryod solar ayriliqdan ingrar yurak,
Yonginamda hamroh bo'lib dardlarimni tinglar yurak.
Telba taqdir sirlarini ayriliqda anglar yurak,
Ruhing isyon qildi bugun sog'indi bu telba yurak!
Menga tinchlik bermas bo'ldi ikki qalbning armonlari!
Jonim qabring tepasida bulut bo'lib uchsam deyman,
Qizg'aldoqdek qora qabring yig'lab yig'lab quchsam deyman,
Armonlarni yuragingdan yulib olib otsam deyman,
Ruhing isyon qildi bugun sog'indi bu telba yurak!
Menga tinchlik bermas bo'ldi ikki qalbning armonlari!
Категория: Ayriliq & Xiyonat sherlari | Добавил: osa (19 Июл 2016)
Просмотров: 1551 | Рейтинг: 1.0/3