Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Eslab qo'ying ketishdan oldin.
O'ylab ko'ring ketishdan oldin,
Manzillarga yetishdan oldin,
Balki meni eslarsiz birdan,
Men dunyodan o'tishdan oldin.
Sizga va'da berganlarim rost,
Sevib yashash orzuyim xolos,
Sizsizlikda g'amlarda qoldim.
Meni eslang ketishdan oldin.
Bu ayriliq og'irdir menga,
Yomon botar majrux ko'nglimga,
Tik boqarman endi o'limga,
Sizga vido aytishdan oldin.
Necha yilki ko'nglimda bu dard,
Meni qiynar nima qilay ayt,
Oq qog'ozda dog'lar endi bayt,
Sizga maktub bitishdan oldin.!
Eslab qo'ying eslang bir bora.
Bugun so'ngi kun, endi na chora.
Sizsizlikdan judaxam toldim
Eslab qo'ying ketishdan oldin.
Категория: Ayriliq & Xiyonat sherlari | Добавил: SONE (22 Июл 2016)
Просмотров: 1741 | Рейтинг: 1.0/16