Слушать MP3 музыку
онлайн и бесплатно

Afsuski
Tin bermas azobdan qochib pinhona,
Kun sayin o’zimni ovutmoqdaman.
Yuragim amriga solgandek quloq,
Otash hislarimni sovutmoqdaman.

Ne qilay, charchadim kurashaverib,
Jamiki bor bo’lsa, barchasi qarshi,
Ko’rganim xayolga tirmashaverib,
Hammasi yodimga soladi sizni.

Qaniydi aldolsam hijronni bir zum,
Shu fursat ichida to’yib yashardim,
Kuchim tolgunicha o’tmishni yengib,
Vaqtning izmi bilan, undan oshardim.

Imkonim bo’lganda, sabrimni siylab,
U uchun qurardim shabnamdan haykal,
Umrbod madhini dilimda kuylab,
Guldan tikar edim libosin yal-yal.

Afsuski, kelmaydi bular qo’limdan,
Aylanam qurshagan taqdir xiylasi.
Dunyoda eng mudhish, dardli o’limdan,
Chakalak hijronning qattiq diydasi.
Категория: Ayriliq & Xiyonat sherlari | Добавил: SONE (29 Окт 2016)
Просмотров: 1317 | Рейтинг: 1.0/4